Swisscare Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tan olingan eng obro’li xususiy sug’urta kompaniyasi. U, asosan, xorijiy talabalar va sayyohlar uchun mo’ljallangan bo’lib, Yevropadagi boshqa xususiy sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon. Agar Schengen viza yoki talabalik vizasi olish uchun tibbiy sug’urta rasmiylashtirish zarurati tug’ilsa, uni bir zumda online amalga oshirish va elchixona uchun arizaga ilova qilish mumkin. Sug’urtani 1 kundan 1 yilgacha muddatga sotib olish imkoniyati bor. Sug’urtani sotib olgandan so’ng, uning mobil ilovasini yuklab olishni tavsiya qilamiz. U yerda tibbiy xizmatlar bilan bog’liq o’zingiz uchun foydali ma’lumotlarni topasiz. Bundan tashqari, mobil ilova bilan sizga tegishli digital tibbiy sug’urta kartasi doim yoningizda bo’ladi.
Quyida sizning maqsadingizga qarab, sug’urtani rasmiylashtirish linklari keltirilgan:
✅ International Student Insurance Europe
✅ International Student Insurance Czech Republic
✅ International Student Insurance Latvia
✅ International Student Insurance Lithuania
✅ International Student Insurance Germany
✅ International Schengen Visa Insurance
✅ International Expatriate Insurance (Student bo’lmaganlar uchun)