Oliy ta’lim jamoat universitetlarida mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun bepul. Albatta, xorijiy talabalar venger tilini bilishi va mahalliy talabalar bilan bir xil shartlarda qabuldan o’tishi zarur. Lekin universitetga to’lov asosida qabul qilinsangiz ham, Vengriya Yevropadagi eng “affordable” mamlakatlardan biri, xususan, yillik to’lovlar borasida. Yillik kontrakt €1000-2000 atrofida, deyarli O’zbekiston bilan bir xil. Farqli tomoni, Vengriyada talaba kontraktni hech qanday qiyinchiliksiz o’zi ishlab to’lay oladi. Bundan tashqari, ingliz tilidagi o’quv dastrular ham yetarli. O’qish 5 kun, shanba va yakshanba dam. Bakalavr 3 yil va magistratura 2 yil.
O’rtacha maosh: 500,000 forint ($1600)
Eng kam maosh: 167,400 forint ($550)
Vengriyada 60 dan ortiq universitetlar faoliyat yuritadi, shularning yarmidan ko’pi xususiy universitetlar.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Universitetlarga arizalar elektron topshiriladi va ariza uchun to’lovni ham online amalga oshirasiz.
Attestat/Diplom
Vengriya universitetlari chet el abiturentlaridan, odatda, nostrifikatsiya talab qilmaydi. Hatto, ko’plab universitetlar hujjatni ingliz tilida ham qabul qilaveradi, ya’ni uni davlat tiliga tarjima qilish shart emas. Lekin hujjat (attestat/diplom va unig ilovasi) albatta apostillangan bo’lishi zarur.
Agar universitet attestat yoki diplomni nostrifikatsiya qilishni talab qilsa, Vengriyada ushbu protses uchun javobgar organ ma’lumotlari quyida keltirilgan:
Magyar Ekvivalencia és Információs Központ, Oktatási Hivatal
Hungarian Equivalence and Information Centre, Educational Authority
Budapest, Szalay u. 10-14.H-1055
HungaryPhone: +36 1 374-2212
E-mail: recognition@oh.gov.hu
Web Site: http://www.naric.hu
Til bilish
Qaysi tilda o’qimoqchiligingizga qarab, arizaga til bilish darajangiz haqida isbot ilova qilish zarur. Venger tilidan sertifikatni, odatda, Vengriyadagi til kurslaridan olasiz. Ingliz tilidan esa, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlar ham kifoya qiladi. Universitetga qabul qilinishingiz uchun har bir universitet sizdan talab qiladigan til bilish darajasi ham har xil. Ularning ko’pchiligini ingliz tilidan B1, venger tilidan B2 sertifikatlari qoniqtiradi.
Rezume
Hozirda rezumeni online bir necha daqiqada tayyorlay olasiz va buning uchun o’nlab rezume quruvchi web-sahifalar bor. Masalan, onlineresume.uz.
Imtihon
Imtihon, asosan, talab yuqoriroq bo’lgan yo’nalishlar (biznes, meditsina…) da o’tkaziladi. Qolgan yo’nalishlar bo’yicha qabul sizning arizangiz va unga ilova qilgan hujjatlaringiz asosida qaror qilinadi. Bu haqida batafsil ma’lumotni har bir fakultet web-sahifasidan bilib olasiz.
Vengriya O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega.
Elchixona manzili: Google Map
Web: taskent.mfa.gov.hu
E-mail: consulate.TAS@mfa.gov.hu
Telefon: +998 71 230 7184
Siz bevosita yashashga ruxsatnoma (Residence permit) uchun ariza topshirasiz. Arizani Vengriyaga ketishdan eng uzog’i bilan 6 oy oldin, eng kami, 15 kun oldin topshirish mumkin. Ariza topshirish uchun maxsus portal orqali navbatga yoziling.
Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, elchixona web-sahifasining tegishli talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.
Vengriya elchixonasi uchun hujjatlar:
🟢 Ariza
🟢 Ariza to’lovi
🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
🟢 4 ta rasm 3.5×4.5
🟢 Tug’ilganlik haqida guvohnoma
Ingliz tiliga notarial tarjima qilinishi kerak.
🟢 Tibbiy sug’urta
Vengriya uchun tibbiy sug’urtani hozirda uydan chiqmay osongina hal qilish mumkin. Masalan, bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijlik talabalar uchun tibbiy sug’urtani 1 kundan 1 yilgacha bo’lgan muddatga sotib olish imkonini beradi (International Student Insurance Europe). Buning uchun sizda Visa yoki Mastercard bo’lsa kifoya. Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining barcha elchixonasida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.
🟢 Acceptance letter
Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.
🟢 Turar joy
Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.
🟢 Bank hisobi
Viza talabiga ko’ra, xorijiy talaba o’z hisobida qandaydir minimum summa ko’rsatishi shart emas. Lekin oylik xarajatlarini qanday qoplashi haqida isbot-hujjat talab qilinadi. Masalan, ota-ona, aka-singil yoki uchinchi shaxsning homiylik xati va uning daromadlari haqida ilova (bankdan). Sizga homiylik qiluvchi shaxsning oylik daromadi minimum $600-700 bo’lishini tavsiya qilamiz. Albatta, bir yil uchun yetarli mablag’ni o’z hisobingizda ko’rsatishingiz ham mumkin ($9000 – $10000)
Elchixonaga mablag’ni so’mda yoki dollarda (tavsiya qilinadi) ko’rsatish mumkin. Mablag’ni xalqaro to’lov kartalari Visa yoki Mastercard hisobida ko’rsating. Hujjat ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak.
🟢 Aviabilet
Aviabiletni rostdan ham sotib olish shart emas. Aviakassadan, shunchaki, aviabilet bron qilinganligi haqida qog’oz oling.
Tavsiya! Apostil qo’yilgan va ingliz (venger) tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Vengriyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.
Turar joy
Student yotoqxonalari sharoiti, xonada necha kishiligiga qarab $40 dan $100 gacha bo’lishi mumkin. Kvartira xonasini ijaraga olish ham yana bir yaxshi variant, oylik xarajat o’rtacha $200. Kvartirani to’liq ijaraga olish o’rtacha $300 dollardan $600 gacha. Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yxati keltirib o’tilgan:
👉 szallas.hu
👉 startlak.hu
👉 ingatlan.com
👉 flatio.hu
👉 nestpick.com
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan talabalar haftasiga 24 soat, yozgi ta’til mobaynida 66-kun cheklovlarsiz ishlashlari mumkin. 2020-yil holatiga, eng kam soatbay maosh 926 forint ($3). Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 profession.hu
🧰 allasod.hu
🧰 jobinfo.hu
🧰 cvonline.hu
🧰 jobmonitor.hu
🧰 jobline.hu
🧰 allas.jofogas.hu
🧰 hu.jooble.org
🧰 hu.indeed.com
🧰 melodiak.hu
🧰 eudiakok.hu
Sug’urta
Chet el talabalari, albatta, tibbiy su’gurtaga ega bo’lishlari kerak. Sug’urtani rasmiylashitirish uchun quyidagi tashkilot filiallariga murojaat qilish mumkin:
National Health Insurance Fund of Hungary
www.oep.hu
oep@oep.hu
Tayyorlov kurslari
Quyida xorijlik abiturentlarni venger tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.
Organizator | Pecs Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | 800 soat |
Predmet | venger tili |
Kurs narxi | $6700 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Szeged Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | haftasiga 30 soat |
Predmet | venger tili |
Kurs narxi | $4600 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Debrecen Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | 600 dars yoki kuniga 4 soatdan |
Predmet | venger tili |
Kurs narxi | $3800 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Tashqi Ishlar Vazirligi |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | haftasiga 30 soat |
Predmet | venger tili |
Kurs narxi | $3700 |
Turar joy | turar joyni mustaqil toping |
Venger tilini o’rganish uchun Vengriyaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Venger tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (venger) o’qituvchilarni, masalan, preply.com portalidan topish mumkin.
O’ZBEKISTON | VENGRIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | BEPUL yoki arzon oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $1600 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |