What
  • Davlat
  • Universitet
Where

Quyida universitetning, faqat, ingliz tilida o’qitiladigan ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berilgan. Davlat tilidagi ta’lim dasturlari haqida universitet web-sahifasidan bilib olasiz.

Diqqat. Italiya jamoat universitetlarida talabaning yillik kontrakt to’lovi uning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib hisoblanadi. Har bir talaba, xoh u italiyan, xoh xorijlik bo’lsin, oilaviy moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat (ISEE parificato yoki ISEE equivalent) topshirishi shart. Aks holda, unga eng yuqori yillik to’lov miqdori belgilanadi. Ushbu hujjatga asosan, kontrakt to’lovingiz pasaytiriladi yoki umuman, bekor qilinadi. Agar sizda yillik oilaviy daromad €23.000 dan kam bo’lsa, odatda, siz uchun kontrakt to’lovi butunlay bekor qilinadi. Yuqoridagi hujjat uchun nimalarni ilova qilish va qayerga topshirish borasida Universitet o’quv bo’limi bilan bog’laning yoki internetga murojaat qiling.

Bakalavr

UZENYILYILLIK TO’LOV
Raqamli boshqaruvDigital Management3 €1500
Mehmondo’stlik innovatsiyasi va elektron turizmHospitality Innovation and e-Tourism3 €1500
Falsafa, xalqaro va iqtisodiy tadqiqotlarPhilosophy, International and Economic Studies3 €1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Attestat
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Magistratura

UZENYILYILLIK TO’LOV
Biznes va jamiyat uchun ma’lumotlarni tahlil qilishData Analytics for Business and Society2 €1500
Global rivojlanish va tadbirkorlikGlobal Development and Entrepreneurship2 €1500
BoshqaruvManagement2 €1500
Ekologik gumanitar fanlarEnvironmental Humanities2 €1500
Kompyuter fanlariComputer Science2 €1500
Madaniy meros uchun fan va texnologiyani saqlashConservation Science and Technology for Cultural Heritage2 €1500
Raqamli va ommaviy gumanitar fanlarDigital and Public Humanities2 €1500
Bio va nanomateriallar fan va texnologiyasiScience and Technology of Bio and Nanomaterials2 €1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Diplom
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Qo’shimcha ma’lumotlar

 👉 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.
 👉 Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.