Slovakiyada millati va fuqaroligidan qat’iy nazar, jamoat universitetlarida bepul ta’lim kafolatlangan. Yagona talab – davlat tilini B2 (ba’zan B1) darajasida bilish. Slovakiyada bakalavr 3 yil va magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba dam olish kunlari hisoblanadi.
O’rtacha maosh: €1.200
Eng kam maosh: €600
Slovakiyada 40 ga yaqin universitetlar bor. Ularning 20 tasi jamoat, 3 tasi davlat va qolganlari xususiy sektor ixtiyorida.
Slovakiya universitetlariga (fakultetlariga) arizani mamlakatda umum qabul qilingan blanka orqali ham topshirishingiz mumkin. Lekin so’nggi paytda ko’pgina universitetlar arizani faqat elektron shaklda yuborishni talab qilmoqda. Universitet (fakultet) web-sahifasida arizani qaysi portal orqali to’ldirish va qanday to’ldirish haqida batafsil ma’lumot beriladi. Slovakiyada qabul uchun arizalar, odatda, noyabrning oxiridan fevralning oxirigacha. Ba’zi fakuktetlar arizalarni may yoki avgust oxirigacha ham qabul qilishi mumkin. Diqqat: abiturent istalgancha universitetga ariza topshirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta fakultet doirasida 3 tagacha yo’nalishni tanlash mumkin. Shuning uchun, bitta yoki 2 ta variant bilan chegaralanmang.
Ariza to’lovi miqdori va uni qaysi bank hisobiga to’lash haqida har bir fakultet web-sahifasida batafsil ma’lumot beriladi. Yoki ariza elektron to’ldirilganda, odatda uning so’nggida siz uchun mahsus ariza to’lovi miqdori va pul o’tkazish uchun hisob ma’lumotlari ko’rsatiladi. Pulni bank ofisi orqali to’lasangiz, albatta, pul yuborilganligi haqida hujjat talab qiling. Pulni internet banking (mobil ilova yoki web-sahifa) orqali o’tkazsangiz, har bir tranzaksiya bo’yicha PDF formatdagi ma’lumotnoma yuklab olish mumkin.
Bu hujjatni Slovakiyada har bir viloyatda joylashgan davlat xizmatlari (sk: okresny urad, odbor školstva) markazidan olish mumkin. Masalan, Bratislavada u Tomášikova 46 ko’chasida joylashgan (link). Markaz talab qiladigan hujjatlar: pasport kopiya, ariza, apostili bor, slovak tiliga tarjima qilingan attestat, fanlar, imtixonlar, baholar ro’yxati, 30EUR to’lov. 30 kun yoki maksimum 60 kun ichida nostrifikatsiya hujjati sizga topshiriladi.
Oliy ta’lim diplomini nostrifikatsiyadan o’tkazish universitetning o’zi yoki Slovakiya Ta’lim vazirligining nostrifikatsiya bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.
Nostirifikatsiya haqida batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin.
Tibbiy ma’lumotnomani hamma fakultetlar ham talab qilavermaydi. Uning yagona shakli (blankasi) yo’q. Ma’lumotnomada sizning familiya-ismingiz, yashash manzilingiz bo’lishi kerak va shifokor siz topshirayotgan soha bo’yicha salomatligingiz yetarlimi yoki yo’qmi degan savolga javob berishi kerak, xolos. Tibbiy ma’lumotnomani albatta slovak tiliga tarjima qilish kerak. Ariza topshirish vaqtida Slovakiyada bo’lsangiz, tibbiy ma’lumotnomani shu yerdan osongina olsangiz bo’ladi.
Slovakiya universitetlarida qabul uchun imtihon, faqat ta’lim yo’nalishiga topshirgan abiturentlar belgilangan kvotadan oshib ketsagina, bo’ladi. Aks holda, abiturentlar avtomatik o’qishga qabul qilinadi. Imtihon bo’lgan taqdirda ham, xavotir olishga hojat yo’q. Chunki imtihon o’z yo’nalishingizga oid fan yoki fanlardan bo’ladi. Masalan, biologiya yo’nalishiga topshirgan bo’lsangiz, imtihonni faqat biologiya fanidan bajarasiz. O’z yo’nalishingiz bo’yicha maktabda yaxshi o’qigan bo’lsangiz, imtihondan albatta o’tasiz. Slovakiyada imtihondan o’tish uchun O’zbekistondagi kabi yillab repetitorga borish shart emas. Imtihon, odatda, iyun oyida o’tkaziladi. Imtihonning aniq sanasi haqida fakultet sizni mail orqali xabardor qiladi. Diqqat: agar sizga imtihon sanasi jiddiy sababga ko’ra to’g’ri kelmasa, fakultet sizga muqobil imtihon sanasini belgilashi mumkin. Buning uchun dekan nomiga sababni ko’rsatgan holda, ariza yozing.
Slovakiya O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega.
Elchixona manzili: Google Map
Web: mzv.sk/web/taskent
E-mail: emb.tashkent@mzv.sk
Navbatga yozilish: telefon orqali ( +998781206852 )
Arizani Slovakiyaga ketmoqchi bo’lgan kuningizdan eng ko’pi bilan 3 oy oldin topshirish mumkin. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, elchixona web-sahifasining tegishli talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.
Slovakiyaga 6 oydan uzoqroq muddatga bormoqchi bo’lgan odamlar vizaga emas, “vaqtinchalik yashash” (Prechodný pobyt) uchun ariza topshiradi. Xorijlik talabalar ham aynan shu kategoriyaga mos. Chunki bakalavriat ham, magistratura ham, odatda, 1 yildan uzoqqa cho’ziladi.
Vaqtinchalik yashash uchun hujjatlar:
🟢 Ariza
🟢 Ariza to’lovi
🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
🟢 4 ta rasm 3.5×4.5
🟢 Tibbiy sug’urta
Tibbiy sug’urta ariza topshirish vaqtida shart emas. Uni viza chiqqanidan so’ng ham, taqdim qilsangiz bo’ladi. Yevropa Ittifoqiga ketayotganlar tibbiy sug’urtani hozirda uydan chiqmay osongina hal qilishlari mumkin. Masalan, bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijlik talabalar uchun tibbiy sug’urtani 1 kundan 1 yilgacha bo’lgan muddatga sotib olish imkonini beradi (International Student Insurance Europe). Buning uchun sizda Visa yoki Mastercard bo’lsa kifoya. Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining barcha elchixonasida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.
🟢 Acceptance letter
Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.
🟢 Turar joy
Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.
🟢 Bank hisobi
a) 2021-yilda amal qilayotgan talabga ko’ra, xorijlik talaba bank hisobida eng kamida €2700 ga teng mablag’ ko’rsatishi kerak. Elchixonaga mablag’ni so’mda yoki dollarda (tavsiya qilinadi) ko’rsatish mumkin. Mablag’ni xalqaro to’lov kartalari Visa yoki Mastercard hisobida ko’rsating. Hujjat slovak tiliga tarjima qilinishi kerak.
b) Boshqa bir yuridik yoki yakka shaxsning sizga homiylik qilishi haqida yozma bildirishnomasi. Ushbu bildirishnomaga uning bank hisobi ilova qilinadi. Barcha hujjat slovak tiliga tarjima qilinishi va elchixona notariusi orqali tasdiqlanishi kerak.
🟢 Sudlanmaganlik haqida hujjat
IIB vazirligi yoki Davlat xizmatlari agentligidan olinadi va Tashqi Ishlar vaziriligida apostil qilinadi. So’ng, slovak tiliga tarjima qilinadi (elchixona orqali yoki Slovakiyada).
Slovakiyaga yetib kelganingizdan so’ng, 2 xafta ichida siz yashab turgan shaharning xorijliklar bilan ishlash bo’limiga (Oddelenie cudzineckej polície) borib, registratsiyadan o’tishingiz shart. U yerda sizga yashashga ruxsatnoma (ID karta) beradi.
Shundan so’ng, siz 30 kun ichida ushbu bo’limga maxsus tibbiy ma’lumotnoma olib kelib berishingiz kerak.
🟢 Yuqumli kasalliklar yo’qligi haqida tibbiy ma’lumotnoma
Bunday hujjatni Slovakiyada faqat maxsus tanlangan poliklinikalarda olish mumkin. Tekshiruv narxi taxminan €200.
Shundan so’nggina, Slovakiyada qonuniy “yashash” bilan bog’liq barcha byurokratiya va xarajatlar siz uchun tugaydi. Endi bor e’tiboringizni o’qishga qaratishingiz mumkin.
Tavsiya! Apostil qo’yilgan va slovak tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom, sudlanmaganlik va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Slovakiyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.
Slovakiyada bepul ta’lim olish uchun slovak tilini minimum B2 darajasida bilish zarur. Istalgan tilni, shu jumladan slovak tilini ham o’rganish uchun, agar intensiv tayyorlansangiz (kuniga eng kamida 3 soat, xaftasiga 5 kun), buning uchun sizga 6-9 oy vaqt bemalol kifoya qiladi. Hozirda xorijiy tilni Zoom, Skype orqali mahalliy o’qituvchilar bilan ham o’rganish imkoniyati bor. Yoki imkon topib, tilni shu mamlakatning o’zida intensiv kurslar orqali o’rganish kerak. Tabiiyki, slovak tilida so’zlashuvchi mahalliy insonlar orasidan tilni tez o’rganasiz. Bundan tashqari, tilni bilish haqida til kursidan sertifikatingiz bo’lsa, katta plus.
Universitet yotoqxona narxlari sharoiti, xonada necha kishiligiga qarab, o’rtacha 50 yevrodan 150 yevrogacha. Slovakiyada universitetga tegishli bo’lmagan, istalgan odam xona ijaraga olishi mumkin bo’lgan yotoqxonalar ham bor. Ularning narxi oyiga 150-200 yevro atrofida. Kvartira xonalarini bo’lishib, ijaraga olish ham talabalar orasida keng tarqalgan. Quyida mana shunday e’lonlarni qidirish bo’yicha mashhur Slovakiya web-sahifalarini ko’rasiz:
Nima | Qayerda |
---|---|
Kvartira, xona | bazos.sk |
Kvartira, xona | volnaizba.sk |
Kvartira, xona | spolubyvanie.sk |
Kvartira, xona | roommates.sk |
Yotoqxona, hostel | megaubytovanie.sk |
Yotoqxona, hostel | ubytujsa.sk |
Yotoqxona, hostel | 1-2-3-ubytovanie.sk |
Viza uchun, yashash uchun ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Uy, apartman, xona | airbnb.com |
Uy, apartman, hostel, hotel | booking.com |
Slovakiyada talabalarning xaftasiga 20 soat ishlashiga ruxsat beriladi. Talabalar uchun soatbay (sk: brigada) ish topib beradigan agentliklar bu yerda juda ko’p. Yoki ko’plab firmalarda talabalarga mos xaftasiga 20 soatlik “part-time” ishlar ham bor. Slovakiyada eng kam rasmiy maosh (to’liq stavka uchun) 2021-yil holatiga €650. Talabalar ish turi va joyiga qarab, soatiga o’rtacha €3-5 ishlab topadi. Quyidagi jadvalda Slovakiyada mashhur ish topib beruvchi agentliklar va e’lon beruvchi web-sahifalar keltirilgan:
Nima | Qayerda |
---|---|
Ish e’lonlari | Profesia.sk |
Ish e’lonlari | brigada.sk |
Ish e’lonlari | pracovne-ponuky.eu |
Ish e’lonlari | 8h.sk |
Agentlik | studentservis.sk |
Agentlik | proplusco.sk |
Agentlik | pjservis.sk |
Agentlik | studentagency.sk |
Agentlik | indexnoslus.sk |
Talabalar shahar transportidan 50% chegirma bilan foydalanadi. Slovakiya ichki poyezdlari ular uchun mutlaqo bepul. Muzeylarga, turli xil ko’ngil ochar markazlarga bepul yoki chegirma bilan kirish va yana ko’plab shu kabi benefitlar shular jumlasidan.
Slovakiyada har bir kishi tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan xorijiy talabalar tibbiy sug’urtani o’zlari to’laydi. 1 yillik tibbiy sug’urta sizga o’rtacha €300-500 ga tushadi. Quyidagi jadvalda xorijliklar uchun tibbiy sug’urta taklif qilayotgan sug’urta kompaniyalarining ba’zilari keltirib o’tilgan:
Union | union.sk |
Maxima | pojistovnamaxima.sk |
AXA | axa-assistance.sk |
AKMV | akmv.sk |
Quyida xorijlik abiturentlarni slovak tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.
Organizator | Komensky Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | haftasifa 30-32 soat |
Predmet | slovak tili va yo’nalish fanlar |
Kurs narxi | $4700 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Markaziy Yevropa Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | 300 soat yoki haftasiga 20 soat |
Predmet | slovak tili |
Kurs narxi | $3650 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | iCan School |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | haftasiga 25 soat |
Predmet | slovak tili |
Kurs narxi | $4750 |
Turar joy | turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Palisady Til Maktabi |
O’quv yili | qishki semestr + yozgi semestr |
Darslar hajmi | haftasiga 25 soat |
Predmet | slovak tili |
Kurs narxi | 1 semestr uchun $700 |
Turar joy | turar joyni mustaqil toping |
Slovak tilini o’rganish uchun Slovakiyaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Slovak tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (slovak) o’qituvchilarni doučuji.eu yoki xalqaro repetitorlik preply.com portalidan topish mumkin.
O’ZBEKISTON | SLOVAKIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Kafolatlangan BEPUL oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bisyor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik €200 | O’rtacha oylik €1000 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |
Slovakiya universitetlari haqida foydali ma’lumotlarni portalvs.sk web-sahifasidan ham bilib olishingiz mumkin.