Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura) Yevropa Ittifoqidan bo’lmaganlar uchun bepul emas. 1 yillik kontrakt to’lov $5000 – $8000 atrofida. Lekin xorijiy talabalar turli xil scholarshiplar olishi mumkin, har yili Shvetsiya hukumati buning uchun taxminan 12 mln dollar mablag’ ajratadi. Universitetlar sh PhD darajasini o’qish barcha uchun bepul. O’quv dasturlari asosan ingliz tilida. Shvetsiyada ham boshqa Yevropa mamlakatlari kabi bakalvr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari.

O’rtacha maosh: $ 5300

Eng kam maosh: $ 1400

Shvetsiyada 40 ga yaqin oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi, shularning 31 tasi jamoat, qolganlari xususiy sektorga qarashli.

universityadmissions.se portalida Shvetsiyaning barcha universitetlari va o’quv dasturini topish mumkin. Bundan tashqari, fakultetlarga ushbu portal orqali to’g’ridan-to’g’ri ariza yuborish ham mumkin.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Arizani Shvetsiya markaziy ariza portali universityadmissions.se orqali online topshirish mumkin.

Attestat/Diplom

Odatda, O’zbekiston o’rta ta’limi bergan attestatni Shvetsiya universitetlari to’g’ridan-to’g’ri qabul qiladi. Uni faqat apostil va tarjima qilish kerak, xolos. Ushbu sahifada aynan O’zbekistonlik abiturentlardan talab qilinadigan hujjatlar va narsalar keltirib o’tilgan.

Til bilish

Ingliz tilidan xalqaro sertifikatlar (IELTS, TOEFL…) dan birini arizaga ilova qiling. Agar shved tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, unda xalqaro TISUS (Test in Swedish for university studies) sertifikatini olish zarur.

Imtihon

Shvetsiya universitetlarida odatda imtihon bo’lmaydi. Ular sizni yuborgan ariza va hujjatlaringizga ko’ra qabul qiladi, yoki aksincha.

Viza / Yashashga ruxsatnoma

Shvetsiya hozircha O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega emas. O’zbekistonda joylashgan shved konsulligi viza masalalarini hal qila olishi haqida bepultalimda hozirda tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas.

Konsullik manzili: Qozitarnov ko’chasi 36, 100000 Toshkent

Web: swedenabroad.se/en/embassies/uzbekistan

E-mail: sweconsulate.tashkent@gmail.com

Telefon: +998 909105858

Shvetsiya Migratsiya Xizmatiga ko’ra, xorijiy talabalar viza uchun arizani online topshirishlari mumkin.

Web-sahifa: migrationsverket.se

6 oydan uzoqroq muddatga kelayotgan xorijiy talabalar bir yo’la yashashga ruxsatnoma (Residence Permit) uchun ariza topshirishlari kerak. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, internetda viza talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki iloji bo’lsa, shaxsan konsultatsiyaga boring.

Viza uchun hujjatlar:

🟢 Ariza

🟢 Ariza to’lovi

🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi

🟢 4 ta rasm 3.5×4.5

🟢 Tibbiy sug’urta

Viza talabiga ko’ra, tibbiy sug’urta eng kamida 1 yilga rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda Shvetsiya uchun tibbiy sug’urtani osongina uydan chiqmay sotib olish mumkin. Bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijiy talabalar uchun boshqa sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon sug’urta paketiga ega (International Student Insurance Europe). Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining deyarli barcha elchixona va davlatlarida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.

🟢 Acceptance letter

Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.

🟢 Turar joy

Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.

🟢 Bank hisobi

2021-yil holatiga ko’ra, 1 oylik xarajatlar uchun hisobda bo’lishi kerak summa 8600SEK ($1000). Oylik xarajatlaringizni qoplay olishingiz haqida quyidagi usullarning biridan foydalanashingiz mumkin:

a) o’z nomiga ochilgan hisobda (Visa yoki Mastercard) talaba eng kamida $12000 pul mablag’i borligi haqida bankdan tasdiqnoma. Hujjat ingliz yoki shved tiliga tarjima qilinishi kerak.

b) Boshqa bir shaxsning sizga homiylik qilishi haqida yozma bildirishnomasi. Ushbu bildirishnomaga uning bank hisobi ilova qilinadi. Barcha hujjat ingliz yoki shved tiliga tarjima qilinishi va elchixona notariusi orqali tasdiqlanishi kerak.

c) stipendiya borligi haqida hujjat, biznesingizdan har oy daromad kelishi haqida hujjat, ish haqi olishingiz haqida hujjat va hokazo

Tavsiya! Apostil qo’yilgan va ingliz/shved tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom, sudlanmaganlik haqida va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Shvetsiyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.

Turar joy

Ba’zi universitetlar chet ellik talabalar uchun yotoqxonani kafolatlaydi. Yoki kvartira, hostel siz uchun qo’shimcha variantlar. studyinsweden.se web-sahifasida talabalar uchun turar joyni qanday topish borasida foydali maslahatlarni topasiz.

🏠 blocket.se
🏠 housinganywhere.com
🏠 homii.se
🏠 hyrabostad.se
🏠 qasa.se
🏠 bostadsportal.se
🏠 bostadslistan.se
🏠 samtrygg.se
🏠 bostadshub.se

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarning part-time ishlarda ishlashiga ruxsat beriladi, Haftasiga necha soat ishlashga chegara yo’q. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Shvetsiyada taxminan $15. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallar keltirib o’tilgan:

🧰 arbetsformedlingen.se
🧰 sweden.se
🧰 thelocal.se

Sug’urta

Har bir xorijiy talabaning tibbiy sug’urtasi bo’lishi shart. Ba’zi universitetlarda tibbiy sug’urta yillik o’qish kontraktining ichida bo’ladi. Aks holda, sug’urtani xususiy kompaniyalardan sotib olish zarur. Masalan. Swisscare orqali. Tibbiy sug’urtaga a’zo bo’lish uchun sizga Shvetsiyadagi shaxsiy ID nomeringiz kerak bo’ladi. Ushbu normerni online olish mumkin. Tibbiy su’gurta uchun yillik to’lov o’rtacha $400-$500 atrofida.

TANLANG 

O’ZBEKISTONSHVETSIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajatIngliz tilida o’quv dasturlari juda ko’p
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lash3 yil kontrakt to’lash yoki scholarship olish imkoni bor
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $5300
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska