Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun bepul emas. Lekin jamoat universitetlarida o’qish kontrakti yuqori emas, yiliga €600 dan €2000 gacha. Jamoat universitetlarida o’qishingiz uchun fransuz tilini bilishingiz kerak, lekin ingliz tilidagi o’quv dasturlari ham oz emas. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba kunlari rasmiy dam olish kunlari.
O’rtacha maosh: $ 7,000
Eng kam maosh: $ 2,400
Shvetsariyada 20 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi, shularning 12 tasi jamoat universitetlari hisoblanadi. O’quv dasturlari, universitetlar va yashash borasidagi foydali ma’lumotlar bilan studyinginswitzerland.com portalidan ham tanishib borishingiz mumkin.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Arizani har bir universitet web-sahifasi orqali topshirasiz. Deyarli barcha universitetlar uchun arizani online topshirish imkoni bor.
Attestat/Diplom
Apostil va tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling. Fransuz tilidagi o’quv dasturi uchun ariza topshirayotgan bo’lsangiz, hujjatni fransuz tiliga tarjima qilish zarur. Lekin ba’zi universitetlar ingliz tilidagi hujjatni ham qabul qilishi mumkin.
Til bilish
Ingliz tilidan IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatni arizaga ilova qiling, agar siz tanlagan yo’nalish ingliz tilida bo’lsa. Fransuz tilidan, odatda, imtihonni universitetning o’zi tashkil qiladi. Bu haqida batafsil har bir universitet qabul shartlarida tanishib chiqing.
Imtihon
Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Universitet qabul shartlariga qarang.
Viza
Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.
Turar joy
Universitet yotoqxona borasida yordam bera oladimi, yo’qmi, buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Shvetsariyada aholining deyarli 60 foizi ijarada yashaydi. Shuning uchun kvartira, xona ijaraga olish studentlar orasida ham oddiy hol. 1 xonali kvartira ijarasi joylashuvi, sharoitiga qarab, oyiga $1000 dan $2000 gacha. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:
🏠 homegate.ch/en
🏠 immostreet.ch/en/
🏠 immoscout24.ch/en
🏠 wgzimmer.ch/
🏠 .remax.ch/
🏠 immomapper.ch
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarga o’qish davrida haftasiga 15 soat, ta’til oylari to’liq stavkada ishlashga ruxsat berilgan. EU dan bo’lmagan talabalar faqat 6 oydan so’ng (o’qish boshlangandan) ishlashni boshlashlari mumkin. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga taxminan $25. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 jobs.ch
🧰 Experteer
🧰 Job Winner
🧰 Wiley Job Network
🧰 The Local
🧰 Indeed
🧰 talendo.ch
🧰 glassdoor.com
Sug’urta
Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabala sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Shvetsariyada xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Batafsil shu yerda.
O’ZBEKISTON | SHVETSARIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Arzon va sifatli oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $7000 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |