🟢 Unutmang! Agar siz slovak tilini B1 yoki B2 darajada bilsangiz va davlat (slovak) tilida o’qitiladigan yo’nalishni tanlasangiz, Slovakiyaning barcha (jamoat) universitetlarida bakalavriat va magistraturani o’qish siz uchun ham BEPUL.

Bakalavr

UZSKYILSKEN
RassomchilikMaliarstvo3bepul
Grafika va boshqa medialarGrafika a iné médiá3bepul
Haykaltaroshlik, obyekt, o’rnatishSocha, objekt, inštalácia3bepul
Fotografiya va yangi medialarFotografia a nové médiá3bepul
IntermediaIntermédiá3bepul
Amaliy san’atÚžitkové umenie3bepul
DizaynDizajn3bepul
Tekstil san’atiTextilná tvorba3bepul
Vizual kommunikatsiyaVizuálna komunikácia3bepul
Me’moriy san’atArchitektonická tvorba3bepul
Qayta tiklash san’atiReštaurátorská tvorba3bepul
Digital san’atDigitálne umenia3bepul

Qabul shartlari

  • Ariza (link). Arizani elektron to’ldirgandan so’ng, nomzod uni printerdan chiqarib, qo’l qo’yishi va o’quv bo’limiga yuborishi zarur.
  • Attestat + Nostrifikatsiya
  • Slovak tili (B1)
  • Rezume
  • Salomatligingiz haqida affidavit (shaxsan qo’lda yozilgan)

Arizani 17.01 gacha topshirish kerak. Har yilgi aniq sanani universitet web-sahifasidan tekshirib oling. Chunki u o’zgarishi mumkin. Qabul shartlari haqida batafsil shu yerda tanishasiz.

Imtihon

Imtihon 2 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda, nomzodlar o’z mustaqil ishlarini qabul komissiyasiga topshiradi (email yoki pochta orqali). Ikkinchi bosqichda nomzodlar shaxsan ishtirok etishlari shart va qabul komissiyasi tomonidan berilgan (o’z yo’nalishlari bo’yicha) vazifalarni bajarishlari kerak.

Birinchi bosqich yanvar oyida, ikkinchi bosqich iyun oyida bo’lib o’tadi.

Magistr

UZSKYILSKEN
RassomchilikMaliarstvo2bepul
Grafika va boshqa medialarGrafika a iné médiá2bepul
Haykaltaroshlik, obyekt, o’rnatishSocha, objekt, inštalácia2bepul
Fotografiya va yangi medialarFotografia a nové médiá2bepul
IntermediaIntermédiá2bepul
Amaliy san’atÚžitkové umenie2bepul
DizaynDizajn2bepul
Tekstil san’atiTextilná tvorba2bepul
Vizual kommunikatsiyaVizuálna komunikácia2bepul
Me’moriy san’atArchitektonická tvorba2bepul
Qayta tiklash san’atiReštaurátorská tvorba2bepul

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Diplom + Nostrifikatsiya
  • Slovak tili (B1)
  • Rezume
  • Motivation Letter

Arizani 25.05 gacha topshirish kerak. Har yilgi aniq sanani universitet web-sahifasidan tekshirib oling. Chunki u o’zgarishi mumkin. Qabul shartlari haqida batafsil shu yerda tanishasiz.

Imtihon

Imtihon 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda, nomzodlarning mustaqil ishlari ko’rib chiqiladi. Ikkinchi bosqichda, nomzodlar Motivation Letter yozishlari kerak. Uchinchi bosqichda, qabul komissiyasi bilan suhbat.

Ushbu bosqichlar qachon o’tkazilishi nomzod emailiga xabar orqali yuboriladi.

Qo’shimcha ma’lumotlar

🌐 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.

✅ Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.