Polsha oliy ta’limi Yevropadagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Polsha universitetlari 2 ga bo’linadi – jamoat va xususiy universitetlar. Jamoat universitetlari mahalliy fuqarolar uchun va polyak tilini eng kamida C1 darajada biladiganlar uchun bepul. Lekin Polshada yillik o’qish to’lovi unchalik qimmat emas, o’rtacha $2000 atrofida, ya’ni deyarli O’zbekiston bilan bir xil. Shuning uchun dasturni ingliz tilida tanlab, kontrakt asosida o’qisangiz ham bo’ladi. Polshada o’qish 5 kun, shanba va yakshanba rasmiy dam olish kuni. Bakalavr 3 yil, magistratura esa 2 yil davom etadi.

O’rtacha maosh: 5200 zloty ($1350)

Eng kam maosh: 2800 zloty ($720)

Polshada 400 dan ortiq universitetlar bor. Ularning 131 tasi jamoat, qolganlari xususiy universitetlar.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat yoki diplom + ilova
  • Mahalliy universitetdan ma’lumotnoma
  • Til bilish sertifikati
  • Rezume

Ariza

Universitetlarga arizalar elektron topshiriladi va ariza uchun to’lovni ham online amalga oshirasiz.

Attestat/Diplom

Attestat/Diplom apostil qilingan, tarjima qilingan va nostrifikatsiya qilingan bo’lishi shart. Nostrifikatsiya qilish vakolati har bir shaharda joylashgan Ta’lim Byurosi (KURATORIUM OŚWIATY) ga berilgan. Masalan, Varshavada u Al. Jerozolimskie 32 ko’chasida joylashgan. Savollaringizni email (kuratorium@kuratorium.waw.pl) yoki telefon (+48 22 551 24 00) orqali so’rashingiz mumkin. Batafsil shu yerda.

Mahalliy universitetdan ma’lumotnoma

Polshadagi barcha universitetlar ham talab qilavermaydi. Har bir universitetning arizaga ilova qilinuvchi hujjatlar to’plamiga e’tibor bering. Bu hujjat faqat bakalavr darajasiga hujjat topshirayotgan abiturentlar uchun kerak.

O’zbekistondagi istalgan universitetdan sizning attestatingiz oliy ta’limga qabul qilinish uchun yetarli degan manoda tasdiqnoma oling. Bu qog’oz Polsha universiteti uchun sizning ta’limingiz o’qishga qabul qilinish uchun rostdan ham yetarli ekanligini tasdiqlovchi yana bir (nostrifikatsiyadan tashqari) isbot sifatida xizmat qiladi.

Til bilish

Polyak tilidagi o’quv dasturga ariza topshirayotganda, polyak tilidan, ingliz tilidagi o’quv dasturga ariza topshirayotganda, ingliz tilidan albatta sertifikat ko’rsatish zarur. O’qishga qabul qilinishingiz uchun tilni minimum B2 darajada bilish kerak. Ingliz tilidan masalan, IELTS, TOEFL kabi sertifikatlarni ilova qilishingiz mumkin. Ingliz, polyak tilidan Polshada litsenziyaga ega o’quv markazlari bergan sertifikatlar ham kifoya qiladi.

Agar sizning til bilish darajangiz universitet talabidan past bo’lsa, ko’plab universitetlar sizga o’z tayyorlov kurslarini taklif qiladi.

Rezume

Hozirda rezumeni online bir necha daqiqada tayyorlay olasiz va buning uchun o’nlab rezume quruvchi web-sahifalar bor. Masalan, onlineresume.uz.

Imtihon

Polshada imtihonsiz va imtihon bilan qabul qiluvchi universitetlar bor. Imtihonsiz qabul qiluvchilari nomzod topshirgan hujjatlarga qarab, uning o’tishi yoki o’tmasligini hal qiladi. Imtihoni bor universitetlar ham imtihonni faqat o’z yo’lanishingiz bo’lgan fan (lar) dan oladi. Ulardan qo’rqish kerak emas. Imtihon qanday shaklda (test, online, offline) bo’lishini har bir fakultet o’zi hal qiladi. Batafsil ma’lumot uchun siz qiziqqan fakultet web-sahifasiga murojaat qiling.

Viza

Polsha O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega.

Elchixona manzili: Google Map

Web: gov.pl/web/uzbekistan

E-mail: taszkent.rk.wiza@msz.gov.pl

Telefon: +998781208652

Xorijiy talaba sifatida siz “Milliy viza – Talaba” (National Visa – Student) ga ariza topshirishingiz kerak. Buning uchun, avvalo, maxsus portal orqali ariza to’ldiring va navbatga yoziling. Milliy viza talabaga Polshada 1 yilgacha yurish imkonini beradi. Uning muddati tugashidan 3 oy oldin, Polshaning siz yashayotgan shahrida Polish Residence Permit ya’ni yashashga ruxsatnoma uchun ariza topshirish mumkin.

Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, elchixona web-sahifasining tegishli talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.

Polsha elchixonasi uchun hujjatlar:

🟢 Ariza

🟢 Ariza to’lovi

🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi

🟢 4 ta rasm 3.5×4.5

🟢 CV

🟢 Attestat / Diplom

🟢 Cover letter

Buni vaziyatga qarab, so’rashi ham mumkin, so’ramasligi ham. Har ehtimolga qarshi tayyorlab qo’ying. Cover letter nega aynan Polshada o’qimoqchisiz, kim bo’lmoqchisiz, rejalaringiz haqida qisqa bildirishnoma.

🟢 Tibbiy sug’urta

Polsha uchun tibbiy sug’urtani hozirda uydan chiqmay osongina hal qilish mumkin. Masalan, bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijlik talabalar uchun tibbiy sug’urtani 1 kundan 1 yilgacha bo’lgan muddatga sotib olish imkonini beradi (International Student Insurance Europe). Buning uchun sizda Visa yoki Mastercard bo’lsa kifoya. Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining barcha elchixonasida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.

🟢 Acceptance letter

Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.

🟢 Turar joy

Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.

🟢 Bank hisobi

Viza talabiga ko’ra, xorijiy talabalar uchun yagona minimum mablag’ miqdori belgilanmagan. Har bir talaba real xarajatlardan kelib chiqqan holda, minimum 15 oyga yetarli mablag’ ko’rsatishi kerak. Masalan, turar joyni oyiga 900PLN ($230) ga kelishgan bo’lsangiz, demak, turar joy uchun $230 x 15 = $3450. Yeb-ichish va boshqa xarajatlar uchun oyiga eng kam 701PLN ($180) ko’rsatish kerak ($180 x 15 = $2700). Bundan tashqari, o’qish tugagandan so’ng qaytish aviabileti xarajati ham (PLN2500 = $650) ushbu hisob-kitobga kiritilishi kerak. Agar turar joy xarajatingiz oyiga $230 ni tashkil etsa, demak, talaba vizasi uchun hisobingizda eng kamida $6800 ($3450 + $27000 + $650) mablag’ bo’lishi kerak.

a) Elchixonaga mablag’ni so’mda yoki dollarda (tavsiya qilinadi) ko’rsatish mumkin. Mablag’ni xalqaro to’lov kartalari Visa yoki Mastercard hisobida ko’rsating. Hujjat polyak tiliga tarjima qilinishi kerak.

b) Boshqa bir yuridik yoki yakka shaxsning sizga homiylik qilishi haqida yozma bildirishnomasi. Ushbu bildirishnomaga uning bank hisobi ilova qilinadi. Barcha hujjat polyak tiliga tarjima qilinishi va elchixona notariusi orqali tasdiqlanishi kerak.

🟢 Aviabilet

Aviabiletni rostdan ham sotib olish shart emas. Aviakassadan, shunchaki, aviabilet bron qilinganligi haqida qog’oz oling.

Polshaga kelganingizdan so’ng, 4 ish kuni ichida siz yashab turgan shaharning xorijliklar bilan ishlash bo’limiga (zameldowanie yoki meldunek) borib, registratsiyadan o’tishingiz shart. Shundan so’nggina, Polshada qonuniy “yashash” bilan bog’liq barcha byurokratiya va xarajatlar siz uchun tugaydi. Endi bor e’tiboringizni o’qishga qaratishingiz mumkin.

Tavsiya! Apostil qo’yilgan va polyak tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Polshada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.

Turar joy

Ko’plab universitetlarning yotoqxonasi bor. 2-2 kishilik xonalar €50-60 atrofida, alohida xonalar €100-120. Bundan tashqari, butun kvartirani yoki kvartira xonasini ijaraga olishingiz mumkin. Bitta xona uchun, masalan, poytaxt Varshavada o’rtacha €150-200 to’lov qilasiz. Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yxati keltirib o’tilgan:

👉 pepehousing.com
👉 domy.pl
👉 olx.pl
👉 uniplaces.com
👉 nieruchomosci-online.pl
👉 mieszkania.studentnews.pl

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Studentlarning haftasiga 20 soat ishlashiga ruxsat beriladi. Yozgi ta’tilda 3 oy to’liq stavkada ishlash huquqiga ham ega. 2020-yil holatida, eng kam 1 soatlik ish haqi – 17 zloty ($4). Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 Pracuj.pl
🧰 Linkedin
🧰 Glassdoor
🧰 OLX.pl
🧰 praca.dlastudenta.pl
🧰 students.pl
🧰 pl.jooble.org
🧰 pracuj.pl

Sug’urta

Har bir student tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Sug’urtani Polsha Milliy Salomatlik Fondi orqali olishingiz mumkin. Bir oylik to’lov taxminan $15. Su’gurta uchun ID, studentlik kartasi va ariza talab qilinadi. Sug’urtani istalgan shaharda joylashgan filialdan olsangiz bo’ladi.

Tayyorlov kurslari

Quyida xorijlik abiturentlarni polyak tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorGLOSSA til markazi
O’quv yilisentabr – avgust
Darslar hajmi48 hafta
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$4700
Turar joytil markazi variantlari yoki turar joyni mustaqil toping

2

OrganizatorRzeszow Universiteti
O’quv yilioktabr – iyun
Darslar hajmi600 soat
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$1800
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

3

OrganizatorWroclawski Universiteti
O’quv yilioktabr – iyun
Darslar hajmi720 soat
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$3400
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

4

OrganizatorUMCS Universiteti
O’quv yilioktabr – iyun
Darslar hajmi810 soat
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$2700
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

O’qituvchi

Polyak tilini o’rganish uchun Polshaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Polyak tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (polyak) o’qituvchilarni xalqaro platformalar, masalan, preply.com portalidan topish mumkin. O’zingizga ma’qul o’qituvchini tanlang, dars jadvalini va vaqtini kelishing.

TANLANG 

O’ZBEKISTONPOLSHA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashBEPUL yoki arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $1300
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska