Qaysi mamlakatdan bo’lishingizdan qat’iy nazar, Norveg jamoat universitetlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul, hatto, ingliz tilida o’qisangiz ham. Ya’ni xorijiy talaba mahalliy talaba bilan bir xil shartlarda o’qishga qabul qilinadi. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba kunlari rasmiy hordiq.
O’rtacha maosh: $ 5600
Eng kam maosh: $ 2800
Norvegiyada 60 dan ortiq universitetlar faoliyat yuritadi shularning 41 tasi jamoat, qolganlari xususiy sektorga qarashli. O’quv dasturlari va qabul shartlari bilan xorijiy talabalar uchun mahsus yaratilgan studyinnorway.no portalida ham tanishib chiqishingiz mumkin.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Arizani har bir universitetning o’z web-sahifasi orqali topshirasiz. Deyarli barcha universitetlarda arizani online topshirish imkoniyati yaratilgan.
Attestat/Diplom
O’zbekistonda olingan o’rta ta’lim attestati Norvegiya universitetiga (bakalavriatga) ariza topshirish uchun kifoya qilmaydi. Siz, qo’shimcha, 1 yil O’zbekistondagi biror oliy ta’limda o’qigan bo’lishingiz zarur. Mana bu web-sahifada har bir mamlakat uchun qanday talablar qo’yilganini tekshirib olish mumkin.
Til bilish
Ingliz tilidan IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlarni arizaga ilova qiling. Til bilish darajasi ham siz tanlagan universitetga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Masala, Norvegiya Arktika Universiteti talablarini ushbu link orqali ko’rishingiz mumkin.
Imtihon
Qabul siz topshirgan ariza va ilovalarga asosan amalga oshiriladi.
Norvegiya hozircha O’zbekistonda na elchixona va na konsullikka ega. O’zbekiston fuqarolari viza masalasini Moskvadagi Norvegiya elchixonasi orqali hal qiladi. Lekin viza uchun arizalarni Nur-Sulton yoki Olmotada joylashgan VFS Global (Norvegiya elchixonasi rasmiy hamkori) orqali ham topshirish mumkin.
90 kundan uzoqroq muddatga kelayotgan xorijiy talabalar bir yo’la yashashga ruxsatnoma (Residence Permit) uchun ariza topshirishlari kerak. Ariza eng ko’pi bilan ketishdan 6 oy oldin topshirilishi mumkin. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, internetda viza talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki iloji bo’lsa, shaxsan konsultatsiyaga boring.
Viza uchun hujjatlar:
🟢 Ariza
Ariza online to’ldiriladi.
🟢 Ariza to’lovi
🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
🟢 4 ta rasm 3.5×4.5
🟢 Tibbiy sug’urta
Viza talabiga ko’ra, tibbiy sug’urta eng kamida 1 yilga rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda Norvegiya uchun tibbiy sug’urtani osongina uydan chiqmay sotib olish mumkin. Bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijiy talabalar uchun boshqa sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon sug’urta paketiga ega (International Student Insurance Europe). Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining deyarli barcha elchixona va davlatlarida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.
🟢 Acceptance letter
Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.
🟢 Turar joy
Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.
🟢 Bank hisobi
2021-yil holatiga ko’ra, yashashga ruxsatnoma olish uchun xorijiy talaba hisobda 127000NOK ($15000) ko’rsatishi kerak. Quyidagi usullarning biridan foydalanashingiz mumkin:
a) Pulni Norvegiyadagi bankda o’z nomiga ochilgan hisobda ko’rsatish kerak.
b) Norvergiya universitetida depozit hisob ochish bilan. Siz qabul qilingan universitet o’quv bo’limi bunday hisobni qanday ochish haqida batafsil ma’lumot bera oladi
c) Agar Norvegiyada yarim stavka ishga qabul qilingan bo’lsangiz, yuqoridagi summa pasaytirilishi mumkin
Tavsiya! Apostil qo’yilgan va ingliz/norveg tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom, sudlanmaganlik haqida va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Norvegiyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.
Turar joy
Turar joyni talaba tashkilotlari orqali yoki mustaqil (kvartira, hostel) hal qilish mumkin. Talaba birlashmalari ro’yxatini ushbu link orqali topasiz. Yotoqxona xarajatlari shaharga qarab, $300 dan $800 gacha bo’lishi mumkin. Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yxati keltirib o’tilgan:
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarning haftasiga 20 soat ishlashlariga ruxsat berilgan, ta’til paytlari to’liq stavkada ham ishlash mumkin. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Norvegiyada taxminan $20. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 arbeidsplassen.nav.no
🧰 ec.europa.eu
🧰 finn.no
Sug’urta
Agar sizning yashash uchun ruxsatnomangiz 1 yildan ko’proqqa berilgan bo’lsa, talaba sifatida siz mahalliy talabalar kabi, avtomatik, bepul sug’urtaga a’zo bo’lasiz. Ya’ni tibbiy su’gurta talabalar uchun bepul. Batafsil shu yerda.
O’ZBEKISTON | NORVEGIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | BEPUL oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $5600 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |