Chet ellik talalabalar uchun oliy ta’lim bepul emas. Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan talabalar yillik kontrakt to’lovi minimum €6,000 dan €15,000 gacha bo’lishi mumkin. Lekin xorijiy talabalarga Ta’lim vazirligi har yili €5000 gacha scholarshiplar ajratadi. Universitetlar o’qishga imtihonsiz qabul qiladi. Bundan tashqari, ingliz tilidagi o’quv dasturlar golland universitetlarida juda ko’p. Niderlandiyada ba’zi bakalavr yo’nalishlarini 4 yil, ba’zilarini esa 3 yil o’qiysiz. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari.

O’rtacha maosh: € 4800

Eng kam maosh: € 1700

Niderlandiyada 50 dan oshiq oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi, shularning 25 tasi jamoat universitetlari hisoblanadi. Xorijiy talabalar uchun oliy ta’lim va yashash bilan bog’liq barcha foydali ma’lumotlar studyinholland.nl portalida jamlangan.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Arizani markazlashtirilgan portal studienlink.nl yoki kamdan-kam hollarda universitet web-sahifasi orqali topshirish mumkin.

Attestat/Diplom

Arizaga apostil va ingliz tiliga tarjima qilingan hujjatni ilova qiling. Hujjatni golland tiliga tarjima qilish talab etilmaydi.

Til bilish

Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, arizaga xalqaro sertifikatlardan (IELTS, TOEFL) birini ilova qiling. Golland tilida sertifikatni qanday olish haqida mana shu yerda batafsil o’qishingiz mumkin.

Niderlandiyada ko’plab universitetlar xorijiy abiturentlar uchun 1 yillik o’qishga tayyorlov kurslarini taqdim qiladi. Batafsil ma’lumotni har universitet o’quv bo’limidan email orqali so’rab, bilib oling.

Imtihon

Golland universitetlari odatda abiturentlarni imtihonsiz qabul qiladi.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Ba’zi universitetlarning o’z yotoqxonasi bor. Aks holda, turar joyni mustaqil hal qilishga to’g’ri keladi (kvartira, hostel, …). Quyida turar joy qidirish bo’yicha ko’p foydalaniladigan ba’zi sahifalar ro’yxati keltirilgan:

🏠 Camelot Europe
🏠 Clawq
🏠 HousingAnywhere
🏠 Kamernet
🏠 Kences
🏠 Nestpick
🏠 Pararius
🏠 RentSlam
🏠 Smart Wonen
🏠 SSH Student Housing
🏠 The Student Hotel
🏠 Uniplaces

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarning haftasiga 16 soat ishlashiga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Niderlandiyada taxminan €10. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 indeed.com
🧰 linkedin.com
🧰 nationalevacaturebank.nl
🧰 monsterboard.nl
🧰 randstad.nl
🧰 werk.nl
🧰 jobbird.com

Sug’urta

Har bir xorijiy talabaning tibbiy sug’urtasi bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani faqat xususiy su’gurta kompaniyalaridan sotib olishlari mumkin. Sug’urtani o’z mamlakatingizdagi sug’urta kompaniyasidan ham olib kelishingiz mumkin. Niderlandiyadagi xususiy tibbiy sug’urta kompaniyalarini mana shu yerdan topasiz.

TANLANG 

O’ZBEKISTONNIDERLANDIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lash3 yil kontrakt to’lash, sifatli oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $5600
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska