Quyida universitetning, faqat, ingliz tilida o’qitiladigan ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berilgan. Davlat tilidagi ta’lim dasturlari haqida universitet web-sahifasidan bilib olasiz.
❗Diqqat. Italiya jamoat universitetlarida talabaning yillik kontrakt to’lovi uning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib hisoblanadi. Har bir talaba, xoh u italiyan, xoh xorijlik bo’lsin, oilaviy moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat (ISEE parificato yoki ISEE equivalent) topshirishi shart. Aks holda, unga eng yuqori yillik to’lov miqdori belgilanadi. Ushbu hujjatga asosan, kontrakt to’lovingiz pasaytiriladi yoki umuman, bekor qilinadi. Agar sizda yillik oilaviy daromad €20.000 dan kam bo’lsa, odatda, siz uchun kontrakt to’lovi butunlay bekor qilinadi. Yuqoridagi hujjat uchun nimalarni ilova qilish va qayerga topshirish borasida Universitet o’quv bo’limi bilan bog’laning yoki internetga murojaat qiling.
UZ | EN | YIL | YILLIK TO’LOV |
---|---|---|---|
Amaliy eksperimental psixologiya fanlari | Applied Experimental Psychological Sciences | 2 | €1000 |
Marketing va global bozorlar | Marketing and Global Markets | 2 | €1000 |
Xalqaro iqtisodiyot | International Economics | 2 | €1000 |
Dengiz fanlari | Marine Sciences | 2 | €1000 |
Materialshunoslik | Materials Science | 2 | €1000 |
Tibbiyot va jarrohlik maktabi | School of Medicine and Surgery | 2 | €1000 |
👉 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.
👉 Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.