Xorijiy talabalar uchun oliy ta’lim bepul emas. Yillik o’qish to’lovi o’rtacha €1000 – €2500. Maltaning katta pluslaridan biri, ushbu mamlakatda o’quv dasturlari asosan ingliz tilida taklif qilinadi. Xorijiy talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida, hukumat va universitetlar har yili ko’pgina scholarshiplar e’lon qilinadi. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: € 1700

Eng kam maosh: € 800

Maltada 10 ga yaqin oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi. Rocapply.com xorijiy talabalarga o’qishga ariza topshirish va joylashish bilan bo’gliq barcha qadamlarda amaliy yordam beradi.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Arizani online har bir universitet web-sahifasi orqali topshirasiz.

Attestat/Diplom

Apostil va ingliz tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling.

Til bilish

IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatni arizaga ilova qiling.

Imtihon

Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Fakultet qabul shartlariga qarang.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Siz tanlagan universitetning yotoqxonasi bormi yoki yo’qligini, uning web-sahifasi orqali bilib olasiz. Agar web-sahifada yotoqxona borasida biror ma’lumot topa olmasangiz, universitet o’quv bo’limiga ushbu masalada yordam so’rab qisqa xabar yuboring. Keyingi variantlar – kvartiradan xona ijaraga olish yoki hostel. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:

🏠 esnmalta.org
🏠 erasmusu.com
🏠 rocapply.com
🏠 universityrooms.com
🏠 maltabudget.com
🏠 visitmalta.com
🏠 maltalovers.com
🏠 universityresidence.com
🏠 student-housing-malta.com

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soat, ta’til oylari to’liq stavka ishlashga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga taxminan €5. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallar keltirib o’tilgan:

🧰 keepmeposted.com.mt
🧰 jobsplus.gov.mt
🧰 maltapark.com
🧰 maltajobport.com
🧰 facebook.com/groups/jobsmalta/
🧰 facebook.com/groups/ejobsmalta/
🧰 facebook.com/groups/tempworkinmalta/
🧰 linkedin.com
🧰 jobsinmalta.com
🧰 careerjet.com.mt

Sug’urta

Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Maltada xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Masalan, Swisscare kompaniyasidan sug’urtani online sotib olsangiz ham bo’ladi.

TANLANG 

O’ZBEKISTONMALTA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashArzon va sifatli oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $2000
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska