Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun bepul emas, lekin jamoat universitetlarida ta’lim O’zbekistonga qaraganda ancha arzon. Yillik to’lov o’rtacha €400-€800, ba’zi sohalarda, masalan, meditsina yo’nalishida bu summa yiliga €5000 gacha bo’lishi mumkin. Jamoat universitetlarida o’qish uchun fransuz, nemis yoki lyuksemburg tilini bilish zarur. Lekin ingliz tilida taklif qilinadigan yo’nalishlar ham talaygina. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba kunlari rasmiy hordiq hisoblanadi.
O’rtacha maosh: € 5000
Eng kam maosh: € 1240
Hozirda 6 ta oliygoh faoliayat yuritadi. Universitetlar, yo’nalishlar va yashash borasida foydali ma’lumotlar bilan educations.com portalida yaqinroq tanishib chiqishingiz mumkin.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Universitetlar uchun markazlashgan ariza topshirish portali mavjud emas. Shunig uchun, arizani har bir universitet web-sahifasi orqali jo’natasiz.
Attestat/Diplom
Apostil va ingliz yoki nemis yoki fransuz tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling.
Til bilish
Ingliz tilidan TOEFL, IELTS kabi xalqaro sertifikatni ilova qiling. Agar fransuz yoki nemis tilini bilsangiz, tabiiyki, o’qishga qabul qilinish va minimal kontrakt to’lash imkoniyatingiz yuqori bo’ladi.
Imtihon
Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Fakultet qabul shartlariga qarang.
Viza
Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.
Turar joy
Universitet xorijiy talabalarga yotoqxona masalasida yordam beradimi yoki yo’qmi, buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Masalan, Lyuksemburg universiteti mingtagacha talaba uchun yotoqxona ajrata oladi. Keyingi variantlar – kvartiradan xona ijaraga olish yoki hostel. Bir oylik turar joy uchun talaba xarajati €370 dan €1000 gacha bo’lishi mumkin. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:
🏠 erasmusu.com
🏠 uni.lu
🏠 duluxembourg.lu
🏠 Furnished.lu
🏠 Appartager.lu
🏠 Housing.justlanded.com
🏠 Immojeune.com
🏠 Athome.lu
🏠 Immotop.lu
🏠 Studylease.com
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soat, ta’til oylari 40 soatgacha ishlashga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga taxminan €12. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 ictjob.lu
🧰 jobs.lu
🧰 recruitment.uni.lu
🧰 JobFinder.lu
🧰 Indeed
🧰 Google For Jobs
Sug’urta
Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Lyuksemburgda xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Masalan, swisscare kompaniyasidan sug’urtani online sotib olsangiz ham bo’ladi.
O’ZBEKISTON | LYUKSEMBURG |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Arzon va sifatli oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $6000 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |