Quyida universitetning, faqat, ingliz tilida o’qitiladigan ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berilgan. Davlat tilidagi ta’lim dasturlari haqida universitet web-sahifasidan bilib olasiz.

Diqqat. Italiya jamoat universitetlarida talabaning yillik kontrakt to’lovi uning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib hisoblanadi. Har bir talaba, xoh u italiyan, xoh xorijlik bo’lsin, oilaviy moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat (ISEE parificato yoki ISEE equivalent) topshirishi shart. Aks holda, unga eng yuqori yillik to’lov miqdori belgilanadi. Ushbu hujjatga asosan, kontrakt to’lovingiz pasaytiriladi yoki umuman, bekor qilinadi. Agar sizda yillik oilaviy daromad €20.000 dan kam bo’lsa, odatda, siz uchun kontrakt to’lovi butunlay bekor qilinadi. Yuqoridagi hujjat uchun nimalarni ilova qilish va qayerga topshirish borasida Universitet o’quv bo’limi bilan bog’laning yoki internetga murojaat qiling.

Bakalavr

UZENYILYILLIK TO’LOV
Xalqaro munosabatlarInternational Relations3 €1500
Menejment va moliyaManagement and Finance3 €1500
Marketing va raqamli aloqaMarketing & Digital Communication3 €1500
Ish psixologiyasi va tashkilotning farovonligiPsychology of work and organizational well-being3 €1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Attestat
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Magistratura

UZENYILYILLIK TO’LOV
Barqaror rivojlanish maqsadlarini boshqarish Master in Management of Sustainable Development Goals2 €1500
Huquq va iqtisod (EMLE)Law and Economics (EMLE)2 €1500
Fintech va innovatsiyalarFintech & Innovation2 €1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Diplom
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Qo’shimcha ma’lumotlar

 👉 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.
 👉 Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.