Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun bepul emas, lekin o’qish narxi cho’ntakbop. Yillik kontrakt to’lovi o’rtacha €1000-€1500. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.
O’rtacha maosh: € 1000
Eng kam maosh: € 600
Litvada 40 ga yaqin oliy ta’lim dargohlari faoliyat olib boradi. Xorijiy talabalar o’quv dasturlari va yashash borasida foydali ma’lumotlar bilan studyin.lt portalida batafsil tanishishlari mumkin.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Har bir universitetning o’z “ariza qabul qilish” tizimi bor. Deyarli barcha universitetlarga arizani online topshira olasiz.
Attestat/Diplom
Hujjat apostillangan, ingliz yoki litva tiliga tarjima qilingan bo’lishi shart. Hujjatni nostrifikatsiya qilish shart emas. O’zbekistonda olingan o’rta ta’lim Litvada. odatda, avtomatik qabul qilinadi. Masalan, Vilnus universiteti qabul talablarida bu haqida batafsil yozilgan. Lekin ba’zi universitetlar arizaga nostrifikatsiya qog’ozini ilova qilishni so’raydi, masalan, Utena universiteti. Agar shunday bo’lsa, nostrifikatsiya uchun arizani online topshirish mumkin. Lekin avvalo, fakultet o’quv bo’limiga nostrifikatsiyani universitetning o’zi amalga oshirishi mumkin yoki yo’qligini so’rab, xabar yuboring. Chunki ba’zi universitetlar hujjatingizni qabul qilib, nostrifikatsiya uchun arizani o’zlari topshirishi ham mumkin.
Til bilish
Qaysi tilda o’qimoqchiligingizga qarab, til bilish darajangizni isbotlovchi sertifikat taqdim qilish kerak. Ingliz tilidan IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikat. Lekin ba’zi universitetlar sertifikat talab qilmasligi ham mumkin. Buning o’rniga universitet siz bilan suhbat yoki tildan imtihon tashkil qilishi mumkin.
Imtihon
Kirish imtihoni bo’lish yoki bo’lmasligi har bir universitetning (fakultet) talabidan kelib chiqadi. Masalan, Vilnus universitetida kirish imtihoni yo’q, ular siz topshirgan hujjatlar asosida qaror qabul qiladi.
Viza
Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.
Turar joy
Universitet yotoqxona bilan ta’minlay oladimi yoki yo’qmi, buni oldindan web-sahifa yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Siz yotoqxona ololmasangiz ham, falokat emas. Litva Yevropaning yashash eng arzon davlatlaridan biri. Kvartira (flat-sharing), hostellar ham talabalar tomonidan ko’p foydalaniladigan turar joylar hisoblanadi. Bir oylik yotoqxona to’lovi sharoiti, joylashuviga qarab €50-€100 atrofida turadi. Bir xonali kvartira oylik to’lovi taxminan €300-€400. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:
🏠 erasmusu.com
🏠 domoplius.lt
🏠 aruodas.lt
🏠 skelbiu.lt
🏠 ehaus.lt
🏠 ober-haus.lt
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarning haftasiga 20 soat ishlashlariga ruxsat berilgan. Ta’til oylari to’liq stavkada ishlash mumkin. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Litvada taxminan €3. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 workinlithuania.lt
🧰 cvmarket.lt
🧰 cvonline.lt
🧰 ec.europa.eu
🧰 cvbankas.lt
Sug’urta
Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. U sug’urtani o’z davlatidan olib kelishi yoki Litvada xususiy sug’urta kompaniyalari orqali sug’urtalanishi mumkin. Litva 1 yillik sug’urta xarajati 100 yevro atrofida. Batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
O’ZBEKISTON | LITVA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Arzon va sifatli oliy ta’lim, bakalavr 3 yil |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $1100 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |