Oliy ta’lim Yevrop Ittifoqidan bo’lmagan talabalar uchun bepul emas. Lekin o’qish pul deyarli O’zbekistondagidan farq qilmaydi. Yillik to’lov yo’nalishga qarab o’rtacha €1600 dan boshlanadi. Latviya hukumati har yili xorijiy talabalar uchun bir nechta scholarship (moliyaviy ko’mak) taqdim qiladi. Latviyaning O’zbek abiturentlari uchun yana bir avzalligi, bu yerda o’quv dasturlarini latviya tilidan tashqari, ingliz va rus tilida ham topish mumkin. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari.
O’rtacha maosh: € 900
Eng kam maosh: € 430
Latviyada 25 dan oshiq universitetlar faoliyat yuritadi. Xorijiy talabalar o’quv dasturlari va yashash borasidagi batafsil ma’lumotni studyinlatvia.lv web-sahifasidan olishlari mumkin.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Arizani har bir universitet web-sahifasi orqali online topshirasiz.
Attestat/Diplom
Apostil va ingliz tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qilasiz. Odatda, hujjatni latviya tiliga tarjima qilish shart emas. Hujjatni topshirganingizdan so’ng, universitetning o’zi sizning hujjatingizni nostrifikatsiya uchun kerakli davlat tashkilotiga topshiradi. Buni siz qilishingiz shart emas.
Til bilish
Agar ingliz tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, arizaga IELTS, TOEFL kabi sertifikatlardan birini ilova qiling. Latviya yoki rus tilida o’qimochi bo’lsangiz, odatda, universitet sizdan sertifikat talab qilmaydi. Universitet til bilishingizni sinash uchun siz bilan suhbat tashkil qilishi yoki imtihon tashkil qilishi mumkin. Bu haqida aniq bilish uchun, universitet web-sahifasidan qabul talablarini o’qib chiqing.
Imtihon
Universitetlar odatda imtihonni faqat yo’nalish fandan online test shaklida o’tkazadi. Ba’zi universitetlar sizni topshirgan hujjatlaringizga ko’ra qabul qiladi. Kirish imtihoni borligi yoki yo’qligi haqida har bir universitet web-sahifasidan bilib olasiz.
Viza
Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.
Turar joy
Universitet yotoqxona bilan ta’minlay oladimi yoki yo’qmi, buni oldindan web-sahifa yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Siz yotoqxona ololmasangiz ham, falokat emas. Latviya Yevropaning yashash eng arzon davlatlaridan biri. Kvartira (flat-sharing), hostellar ham talabalar tomonidan ko’p foydalaniladigan turar joylar hisoblanadi. Bir oylik yotoqxona to’lovi sharoiti, joylashuviga qarab €70-€120 atrofida turadi. Bir xonali kvartira oylik to’lovi taxminan €350-€400. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:
🏠 RentInRiga
🏠 City24
🏠 SS.lv
🏠 Reklama.lv
🏠 housinganywhere.com
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarning haftasiga 20 soat ishlashlariga ruxsat berilgan. Ta’til oylari to’liq stavkada ishlash mumkin. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Latviyada taxminan €3-4. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 cv.lv
🧰 nva.gov.lv
🧰 visidarbi.lv
🧰 inbox.lv
🧰 workingday.lv
🧰 reklama.lv
Sug’urta
Har bir xorijiy talabaning tibbiy sug’urtasi bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani faqat xususiy su’gurta kompaniyalaridan sotib olishlari mumkin. Batafsil ma’lumot shu yerda.
O’ZBEKISTON | LATVIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Arzon va sifatli oliy ta’lim, bakalavr 3 yil |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $1100 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |