Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun bepul emas, lekin yillik to’lov jamoat universitetlarida unchalik yuqori emas, €300 dan €2000 gacha. Italiya universitetlarining yana bir yaxshi tomoni shuki, yillik to’lov (tuition fee) belgilashda sizning oilaviy sharoitingizni hisobga oladi. Shuning uchun, soliq ogranidan oilangizning (ota va onangizning) yillik daromadi haqida ma’lumot oling va uni arizaga ilova qiling. Bundan tashqari, hukumat va universitetlar tomonidan xorijiy talabalar uchun ko’plab scholarshiplar taqdim qilinadi. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari.

O’rtacha maosh: € 3600

Eng kam maosh: € 1000

Italiyada 90 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi, ularning asosiy qismi jamoat universitetlari. Universitetlar, yo’nalishlar va yashash borasida xorjiy talabalarga amaliy yordam beradigan universitaly.it, italystudy.org, studyinitaly.esteri.it, studyinitaly.it web-sahifalari sizga juda qo’l kelishi mumkin. Ushbu portallar orqali siz universitetga arizani online topshirishingiz ham mumkin.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Arizani har bir universitet web-sahifasi orqali topshirasiz. Yoki xorijiy talabalarga yordam beruvchi universitaly.it, italystudy.org, studyinitaly.esteri.it, studyinitaly.it web-sahifalari orqali.

Attestat/Diplom

Apostil va italyan tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling. Attestat/Diplomni tekshirish/nostrifikatsiya qilish talabi (majburiy yoki yo’qligi) har bir universitetda turlicha bo’lishi mumkin. Universitet qabul talablarida bu haqida aniq ma’lumot berilmagan bo’lsa, uning o’quv bo’limiga email orqali xabar yo’llang. Nostrifikatsiyani universitetning o’zi ham yoki Ta’lim vazirligi amalga oshirishi mumkin.

Odatda, universitetga qabul qilinishingiz uchun siz eng kamida 12-yil ta’lim olgan bo’lishingiz kerak. Agar o’rta ta’limingiz 11-yillik bo’lsa, bir yilni Italiya universitetlari tayyorlov kursida o’tkazishingiz zarur bo’ladi.

Til bilish

Agar siz tanlagan yo’nalish italyan tilida o’qitilsa, siz tilni eng kamida B2 darajada bilishingiz zarur. Ingliz tilidan esa IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikat sizga kifoya qiladi.

Imtihon

Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Fakultet qabul shartlariga qarang.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Ko’plab universitetlarning o’z talabalar yotoqxonasi bor. Buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Keyingi variantlar – kvartiradan xona ijaraga olish yoki hostel. Bir oylik turar joy xarajati €150 – €600 atrofida bo’lishi mumkin. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:

🏠 uniplaces.com
🏠 housinganywhere.com
🏠 erasmusplay.com
🏠 studentsville.it
🏠 student.com
🏠 amberstudent.com
🏠 universityrooms.com
🏠 idealista.it

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soat, ta’til oylari 40 soatgacha ishlashga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga taxminan €7. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallar keltirib o’tilgan:

🧰 Indeed
🧰 Glassdoor
🧰 Monster
🧰 InfoJobs
🧰 XpatJobs
🧰 Thelocal
🧰 Cliccalavoro

Sug’urta

Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Italiyada xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Batafsil shu yerda.

TANLANG 

O’ZBEKISTONITALIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashArzon va sifatli oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $4400
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska