Oliy ta’lim mahalliy va EU talabalari uchun bepul (jamoat universitetlarida). Uchinchi mamlakat fuqarolari universitet, o’quv dasturiga qarab, yiliga €750 dan €2000 gacha kontrakt to’lashlari mumkin. Jamoat universitetlarida o’qish uchun ispan tilini eng kamida B2 darajada bilish zarur. Ispaniyada bakalavr 3 yil magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kuni.

O’rtacha maosh: € 2700

Eng kam maosh: € 950

Ispaniyada 80 dan ortiq jamoat va xususiy universitetlar faoliyat yuritadi.

Foydali ma’lumot: Xorijiy abiturentlarga universitetlar uchun hujjat tayyorlash, nostrifikatsiya, viza, turar joy va boshqa barcha masalalarda yordam beruvchi Campus Spain tashkiloti bor. Biror yordam kerak bo’lsa, ushbu tashkilot bilan email orqali bog’laning.

Ispan universitetlariga kirishda xorijiy talabalarga yordam beruvchi yana bir katta tashkilot – Leap. Ispaniyada o’qishga qaror qilganingizdan boshlab, o’qishni boshlaguningizcha bo’lgan barcha jarayonda sizga barcha amaliy yordam ko’rsatish bilan shu’gullanadi.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Tavsiyanoma
  • Rezume

Ariza

Deyarli barcha universitetlarga arizani online topshira olasiz. Ba’zi universitetlar ariza va arizaga ilovalarni pochta orqali yuborishingizni ham so’rashi mumkin.

Attestat/Diplom

Bakalavrga ariza topshirayotgan abiturentlar arizaga Ispaniya Elchixonasidan tasdiqnomani ham ilova qilish kerak. Bu tasdiqnoma siz O’zbekistonda olgan ta’lim Ispaniya universitetida o’qish uchun yetarli ekanligi haqida. Bu rasmiy tilda Volante Accreditation deyiladi. Buning uchun apostil qilingan attestat/diplomni (fanlar va baholar bilan birgalikda) elchixonaga topshirasiz. Yoki nostrifikatsiyani to’g’ridan-to’g’ri Ispaniya Ta’lim vazirligi amalga oshiradi. Arizani vazirlikning hududiy bo’linmalariga yoki davlat xizmatlari markaziga topshirish mumkin. Yoki arizani online topshirish ham mumkin.

Bakalavr va undan yuqori diplomlarni universitetlarning o’zi nostrifikatsiya qilish huquqiga ega.

Qaysi darajada o’qimoqchi ekanligingizdan qat’iy nazar, attestat/diplomni qanday nostrifikatsiya (validation) qilishni siz topshirmoqchi bo’lgan fakultet o’quv bo’limidan email orqali so’rang.

Tavsiyanoma

Tavsiyanoma xatini avvalgi ta’lim dargohi o’qituvchisidan olishingiz mumkin. Tavsiyanomani sizning yo’nalishingizga mosroq fandan dars bergan o’qituvchidan olishni maslahat beramiz. Tavsiyanomani arizaga ilova qilishdan oldin tarjima qildirishni unutmang.

Rezume

Hozirda rezumeni osongina online tayyorlab olish mumkin. Masalan, onlineresume.uz web-sahifasidan. Lekin universitet sizdan rezumeni ispan tilida topshirishni talab qilishi mumkin. Buni universitet web-sahifasidan yoki o’quv bo’limidan bilib oling.

Til

Agar ingliz tilida o’qitadigan dasturga hujjat topshirayotgan bo’lsangiz, unda universitet sizdan IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlarni talab qilishi mumkin. Universitetlar odatda ispan tilidan sertifikat talab qilmaydi. Lekin agar imkon bo’lsa, ispan tilidan xalqaro sertifikat DELE (Diploma de Español como Lengua Extranjera) sizga zarar qilmaydi.

Imtihon

Ba’zi universitetlarga qabul qilinish uchun avvalgi olgan baholaringiz kifoya qiladi. Ba’zilarida esa yo’nalish fanlardan kirish imtihonini topshirish zarur. Buni tekshirish uchun har bir universitet qabul shartlarini o’qib chiqing.

Viza

Ispaniya hozircha O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega emas. Faqat, Toshkent shahrida faxriy konsullik faoliyat ko’rsatadi. Internetdagi ma’lumotlarga ko’ra, konsullik orqali viza masalalarini hal qilish mumkin. Lekin bepultalimda hozircha buni tasdiqlash imkoni bo’lmadi.

Ispaniyaning Moskvadagi elchixonasi O’zbekiston uchun ham rasman “javobgar” hisoblanadi.

Elchixona manzili: Google Map

Web: exteriores.gob.es/Embajadas/MOSCU

E-mail: emb.moscu@maec.es

Telefon: +74952022161

6 oydan uzoqroq muddatga kelayotgan xorijiy talabalar “Long-Term Student Visa” ya’ni uzoq muddatli vizaga ariza topshirishlari kerak. Arizani eng erta 3 oy oldin, eng kechi bilan 3 xafta oldin topshirish mumkin. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, internetda viza talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.

Viza uchun hujjatlar:

🟢 2x Ariza

🟢 Ariza to’lovi

🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi

🟢 4 ta rasm 3.5×4.5

🟢 Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma

🟢 Attestat / Diplom

🟢 Sudlanmaganlik haqida

Hujjat IIV dan olinadi va Tashqi Ishlar vazirligida apostil qilinadi. Ispan tiliga notarial tarjima qiling.

🟢 Tibbiy ma’lumotnoma

Talab qilinishi ham, qilinmasligi ham mumkin. Har ehtimolga qarshi, o’z doktoringizdan “hech qanday kasallik bilan og’rimaydi, o’qishga layoqatli” ma’nosida tasdiqlatib oling va ispan tiliga notarial tarjima qildiring. Ma’lumotnoma uchun yagona shakl yo’q. Quyida internetda mavjud shakl misol sifatida keltirilgan:

🟢 Tibbiy sug’urta

Viza talabiga ko’ra, tibbiy sug’urta eng kamida 1 yilga rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda Ispaniya uchun tibbiy sug’urtani osongina uydan chiqmay sotib olish mumkin. Bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijiy talabalar uchun boshqa sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon sug’urta paketiga ega (International Student Insurance Europe). Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining deyarli barcha elchixona va davlatlarida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.

🟢 Acceptance letter

Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.

🟢 Turar joy

Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.

🟢 Bank hisobi

2021-yil holatiga ko’ra, 1 oylik xarajatlar uchun hisobda bo’lishi kerak summa €550 ($650). Oylik xarajatlaringizni qoplay olishingiz haqida quyidagi usullarning biridan foydalanashingiz mumkin:

a) o’z nomiga ochilgan hisobda (Visa yoki Mastercard) talaba eng kamida $8000 pul mablag’i borligi haqida bankdan tasdiqnoma. Hujjat ispan tiliga tarjima qilinishi kerak.

b) Boshqa bir shaxsning sizga homiylik qilishi haqida yozma bildirishnomasi. Ushbu bildirishnomaga uning bank hisobi ilova qilinadi. Barcha hujjat ispan tiliga tarjima qilinishi va elchixona notariusi orqali tasdiqlanishi kerak.

c) stipendiya borligi haqida hujjat, biznesingizdan har oy daromad kelishi haqida hujjat, ish haqi olishingiz haqida hujjat va hokazo

Tavsiya! Apostil qo’yilgan va ispan tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom, sudlanmaganlik haqida va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Ispaniyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.

Turar joy

Ko’plab ispan universitetlari o’z yotoqxonalariga ega. Bundan tashqari, talabalar kvartirada xona ijaraga olishi, hostel yoki mehmon oilalar (host family) bilan yashashlari mumkin. Yashash xarajatlari shaharlarga qarab o’zgarishi mumkin. Yotoqxona xarajatlari €360 dan €600 gacha bo’lishi mumkin. Kvartirada yashash sizga €300 dan €1000 gacha tushishi mumkin. Ispaniyada yashash xarajatlari haqida batafsil mana shu yerda.

Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yxati keltirib o’tilgan:

🏠 studyinspain.info
🏠 housinganywhere.com
🏠 casita.com
🏠 uniplaces.com
🏠 student.com
🏠 resa.es
🏠 emes.es
🏠 aluni.net
🏠 micasainn.com
🏠 homestayin.com
🏠 citylifemadrid.com
🏠 aupair.com

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarning haftasiga 20 soat ishlashlariga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Ispaniyada taxminan €6-7. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 infojobs.net
🧰 studentjob.es
🧰 opcionempleo.com
🧰 jobtoday.com
🧰 infoempleo.com
🧰 es.indeed.com

Sug’urta

Har bir xorijiy talabaning tibbiy sug’urtasi bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani faqat xususiy su’gurta kompaniyalaridan sotib olishlari mumkin. Talabalar eng ko’p foydalanadigan su’gurta – Sanitas. Oylik xarajat €34-€44. Su’gurtaga online a’zo bo’lish ham mumkin.

Tayyorlov kurslari

Quyida xorijlik abiturentlarni ispan tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorCarvantes
O’quv yilihar oy boshlanadi
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetispan tili
Kurs narxi$4650
Turar joytil maktabi turar joyi yoki turar joyni mustaqil topish

2

OrganizatorOle School
O’quv yiliEng kamida 27 hafta
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetispan tili
Kurs narxi$3250 dan
Turar joytil maktabi variantlari yoki turar joyni mustaqil topish

3

OrganizatorSpeak Easy
O’quv yiliiyun / sentabr / dekabr
Darslar hajmi36 hafta
Predmetispan tili va oliy ta’limga tayyorlov
Kurs narxi$6000
Turar joytil maktabi variantlari yoki turar joyni mustaqil topish

4

OrganizatorUniSpain
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetispan tili
Kurs narxituri va intensivligiga qarab
Qo’shimcha ma’lumotIspaniyadagi til maktablari databazasi

O’qituvchi

Ispan tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

TANLANG 

O’ZBEKISTONISPANIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashBEPUL yoki arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $3200
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska