Quyida universitetning, faqat, ingliz tilida o’qitiladigan ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berilgan. Davlat tilidagi ta’lim dasturlari haqida universitet web-sahifasidan bilib olasiz.

Diqqat. Italiya jamoat universitetlarida talabaning yillik kontrakt to’lovi uning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib hisoblanadi. Har bir talaba, xoh u italiyan, xoh xorijlik bo’lsin, oilaviy moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat (ISEE parificato yoki ISEE equivalent) topshirishi shart. Aks holda, unga eng yuqori yillik to’lov miqdori belgilanadi. Ushbu hujjatga asosan, kontrakt to’lovingiz pasaytiriladi yoki umuman, bekor qilinadi. Agar sizda yillik oilaviy daromad €23.000 dan kam bo’lsa, odatda, siz uchun kontrakt to’lovi butunlay bekor qilinadi. Yuqoridagi hujjat uchun nimalarni ilova qilish va qayerga topshirish borasida Universitet o’quv bo’limi bilan bog’laning yoki internetga murojaat qiling.

Bakalavr

UZENYILYILLIK TO’LOV
Global tadbirkorlik iqtisodiyoti va boshqarishGLOBAL ENTREPRENEURSHIP ECONOMICS AND MANAGEMENT3€1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Attestat
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Magistratura

UZENYILYILLIK TO’LOV
Biomedika fanlariBIOMEDICAL SCIENCES2 €1500
Bio-salomatlik va salomatlik sanoati uchun biotexnologiyaBIOTECHNOLOGY FOR THE BIO-BASED AND HEALTH INDUSTRY2 €1500
KimyoCHEMISTRY2 €1500
Kompyuter fanlariCOMPUTER SCIENCE2 €1500
MatematikaMATHEMATICS2 €1500
FizikaPHYSICS2 €1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Diplom
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Qo’shimcha ma’lumotlar

 👉 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.
 👉 Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.