Jamoat universitetlarida oliy ta’lim mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul. Buning uchun siz nemis tilini bilishingiz (eng kamida B2 yoki C1) va mahalliy talabalar bilan bir xil qabul shartlaridan o’tishingiz shart. Yevropa mamlakatlari kabi Germaniyada ham bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kuni.

O’rtacha maosh: € 4000

Eng kam maosh: € 1600

Germaniyada 400 ga yaqin oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi, shulardan 300 ga yaqini jamoat universitetlari hisoblanadi. Chet ellik talabalarga yordam berish maqsadida, ko’pgina universitetlarda imtihonga tayyorlov kurslari va til kurslari tashkil qilingan. Xorijlik abiturentlar o’z bilimlarini universitet real imtihonidan oldin sinab ko’rishlari uchun, Germaniyada TestAS sinov tizimi yo’lga qo’yilgan. Ba’zi universitetlar hatto uning natijasini tan ham olishadi, ba’zilari esa universitet imtihonida qatnashish uchun sizdan TestAS dagi natijalaringizni talab qilishi ham mumkin.

Myguide.de yoki hochschulkompass.de portali orqali siz o’qimoqchi bo’lgan soha bo’yicha qaysi universitetlarda mos dasturlar borligini va ularning talablarini osongina tekshirib olish mumkin.

Germaniyada o’qish bilan bog’liq foydali ma’lumotlarni Daad portalidan ham topishingiz mumkin.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish sertifikati
  • Tavsiyanoma/Motivation Letter (ixtiyoriy)

Ariza

Germaniyada barcha universitetlar uchun arizalarni qabul qiluvchi 2 ta markazlashgan tashkilot bor. Birinchisi, Oliy ta’limga qabul qilish instituti. Ikkinchisi, Xalqaro talabalar uchun arizalarni qabul qilish xizmati. Arizalarni o’zi qabul qiladigan universitetlar sanoqli. Ariza to’lovini ham ariza topshirish jarayonida online to’laysiz. Qishki semestr uchun arizalarni qabul qilish odatda May oxiridan 15-iyulgacha, yozgi semestr uchun esa dekabr boshidan 15-yanvargacha davom etadi.

Attestat/Diplom

Arizaga, odatda, appostil qilingan attestat/diplom (fanlar va baholar) tarjimasini ilova qilish kifoya. Ularni Germaniyada nostrifikatsiya qilish talab qilinmaydi. Lekin siz olgan ta’lim (attestat/diplom) Germaniya universitetlari qabul imtihoni uchun yetarlimi yoki yo’qmi, uni-assist.de dabatazasi orqali tekshirish mumkin. Odatda, O’zbekistonda olingan umumiy o’rta ta’lim shahodatnomasi (attestati) Germaniyada qabul imtihonlarida qatnashish uchun yetarli emas. Qabul imtihonida qatnasha olishinigz uchun xorijliklar uchun tashkil qilingan tayyorlov kurslarda 1 yil davomida o’qishingiz (mahsus fanlardan va nemis tili) va kurs so’nggidagi imtihondan muvoffaqiyatli o’tishingiz kerak. Bunday kurslarni davlat o’quv markazi Studienkolleg tashkil qiladi. Uning deyarli barcha Germaniya shaharlarida o’quv filiali bor. Ushbu markazda o’z sohangizga oid fanlar va til bo’yicha 1 yil davomida tayyorlanasiz. 1 semester uchun to’lov €100- €400 atrofida, xolos. Siz, faqat, Germaniyada o’z yashash va tibbiy sug’urta xarajatlaringizni ko’tarsangiz bas. Kursga yozilish uchun siz nemis tilini minium B1 darajada bilishingiz va kurs qabul imtihonidan o’tishingiz zarur. Qabul uchun arizani to’g’ridan-to’g’ri Studienkolleg filiallari web-sahifasi orqali yoki uni-assist orqali online topshirishingiz mumkin.

Siz olgan ta’lim (attestat/diplom) universitet qabulida to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etish huquqini bersada, chet elliklar uchun 1 yillik Studienkolleg tayyorlov kurslarida qatnashish tavsiya qilinadi. Statistikaga ko’ra, tayyorlov kurslarida qatnashgan talabalar universitetda o’qish mobaynida fanlarni o’zlashtirish va imtihonlarda muvoffaqiyatliroq ekanligi aniqlangan.

Siz o’qimoqchi bo’lgan universitet talablariga ko’ra, tayyorlov kursida qatnashishga majburmisiz yoki yo’qmi 100% bilish uchun, siz tanlagan fakultet o’quv bo’limiga email orqali apostil qilingan va tarjima qilingan attestat/diplom (fanlar va baholarni) yuboring va ulardan qabul imtihonida to’g’ridan-to’g’ri qatnasha olishingiz mumkinmi yoki yo’qmi, so’rab ko’ring.

Til

Universitetga nemis tilini bilish haqida isbotlovchi sertifikat taqdim qilish zarur. Bunday sertifikatni (TestDaf), O’zbekistonda Goethe-Institut Taschkent o’quv markazidan olish mumkin. Germaniyada ushbu sertifikatni The Deutsche Sprachprüfung für den Hochschulzugang (DSH) til markazlaridan olasiz.

Imtihon

Universitetlar alohida qabul imtihoni tashkil qilmaydi. Ular nomzodlarni qabul uchun jo’natgan ariza va hujjatlariga asosan tekshiradi va qaror qabul qiladi.

Viza / Yashashga ruxsatnoma

Germaniya O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega.

Manzil: Google Map

Web: taschkent.diplo.de

E-mail: info@tasc.diplo.de yoki contact form

Telefon: +998781200993

O’qish vizasi uchun arizani Germaniya elchixonasidan tashqari Toshketda joylashgan Visametric ofisida ham topshirish mumkin. Arizani iloji boricha ertaroq topshiring. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, elchixona web-sahifasining tegishli talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.

Xorijiy talabalar o’qish uchun “D” viza (National Visa) ga ariza topshiradi. Ushbu vizaning muddati 90 kun. Siz Germaniyaga kelganingizdan so’ng, zudlik bilan yashashga ruxsatnoma (Residence Permit) uchun siz yashab turgan shahardagi xorijliklar bilan ishlash bo’limiga ariza topshirishingiz kerak. Yashashga ruxsatnoma uchun ilova qilinadigan hujjatlar vizaga ilova qilinadigan hujjatlar bilan bir xil. Shuning ushbu hujjatlardan elchixonada notarial kopiya qilib olishni unutmang.

Viza uchun hujjatlar:

🟢 Ariza

🟢 Ariza to’lovi

🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi

🟢 Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma

Tashqi ishlar vazirligi orqali apostil qilinishi va so’ngra nemis tiliga tarjima qilinishi kerak (elchixona orqali).

🟢 4 ta rasm 3.5×4.5

🟢 Nemis / Ingliz tilini bilish sertifikati (DSH, TestDaF, IELTS)

🟢 Attestat / Diplom

🟢 Tibbiy sug’urta

Hozirgi kunda tibbiy sug’urtani osongina uydan chiqmay sotib olish mumkin. Bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare aynan Germaniyada o’qimoqchi yoki o’qiyotgan xorijiy talabalar uchun boshqa sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon sug’urtaga ega (International Student Insurance Germany). Istasangiz, 90 kunga yoki bir yo’la 1 yilga sug’urtani rasmiylashtiring. Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining deyarli barcha elchixona va davlatlarida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.

🟢 Acceptance letter

Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.

🟢 Turar joy

Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 3 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz. Agar turar joy narxi oyiga €305 dan ko’proq bo’lsa, bank hisobida qo’shimcha mablag’ ko’rsatishingiz kerak

🟢 Moliyaviy ta’minlanganlik

Quyidagi usullar mavjud:

a) Germaniyadagi biror bankda xorijlik talabalar uchun mo’ljallangan hisob ochish va unga eng kamida €10 332 mablag’ o’tkazish. Ushbu mablag’ bloklanadi va talaba har oy, faqat, €861 yechib olishi mumkin bo’ladi. Ushbu hisobni elchixona orqali ochish mumkin.

b) Germaniyada istiqomat qiluvchi shaxsning sizga homiylik qilish haqida bildirishnomasi (Verpflichtungserklärungen).

c) Germaniyada stipendiya berilishi haqida isbot-hujjat.

Tavsiya! Apostil qo’yilgan va nemis tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Germaniyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.

Turar joy

Talabalar harajatining asosiy qismi turar joy uchun sarflanadi. Bir oyga o’rtacha harajat €400 va shahardan shaharga, turar joy turiga qarab bu summa farq qilishi mumkin. Bir xonali kvartirani to’liq ijaraga olish o’rtacha €700 ga tushadi. Germaniyada talabalar odatda 2 xil turar joydan foydalanishadi: umumiy yotoqxonalar (Student halls of residence) va kvartiralar (xonalarni bo’lishish). Universitetlar talabalar uchun yotoqxona taklif qilmaydi, shuning uchun talaba turar joyni mustaqil hal qilishi kerak. Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yxati keltirib o’tilgan:

👉 study-in-germany.de
👉 WG-Suche.de
👉 SMARTments
👉 Studenten-WG
👉 Mr Lodge
👉 tempoFLAT.de
👉 Zeitwohnwerk
👉 WG-Gesucht.de
👉 Immobilien Scout 24
👉 Immobilo
👉 Immowelt
👉 Wohnungsbörse
👉 smartments-student.de

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Chet ellik talabalarning bir yilda 120 kun to’liq yoki 240 kun yarim-stavka ishlashlariga ruxsat beriladi. 2020-holatiga eng kam soatbay maosh €9.35. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 jobmensa.de
🧰 monster.de
🧰 de.indeed.com
🧰 studentjob.de
🧰 ebay-kleinanzeigen.de
🧰 stepstone.de
🧰 connecticum.de
🧰 jobruf.de
🧰 zenjob.de

Sug’urta

Har bir talaba tibbiy su’gurtaga ega bo’lishi kerak. Sug’urtani davlat sug’urta kompaniyalari yoki xususiy sug’urta kompaniyalari orqali rasmiylashitirish mumkin. 30 yoshgacha bo’lgan talabalar oylik su’g’ruta xarajati €110 ni tashkil qiladi. Talabalar Germaniyada asosan mana shu 3 ta sug’urta provayderi xizmatidan foydalanishadi:

Tayyorlov kurslari

Germaniyada ko’pgina universitetlar xorijiy talabalar uchun ixtiyoriy yoki majburiy tayyorlov kurslari tashkil qilishgan (6 oy yoki 1 yil).

Majburiy tayyorlov kursi (Foundation Program yoki nemischa Studienkolleg) O’zbekiston kabi Yevropa Ittifoqi bo’lmagan davlatlardan kelayotgan abiturentlari uchun mo’ljallangan. Ularning o’rta maktab attestati, odatda, Germaniyadagi universitetlarga to’g’ridan-to’g’ri qabul huquqini bermaydi. Chunki ushbu mamlakatlarda o’rta ta’lim 12 yil, O’zbekistonda 11 yil. Shuning uchun O’zbekistonlik abiturent (faqat bakalavr uchun) universitet qabuliga (university qualification) tayyor bo’lishi uchun universitetlar ulardan 1 yillik o’qishga tayyorlov kurslarida o’qishni talab qiladi (bunday kurslar odatda bepul). Bundan tashqari, universitetlar tayyorlov kursi xorijiy talabalardan nemis tilini, eng kamida, A2 darajada bilishni talab qilishi mumkin (ko’p hollarda).

Shuning uchun, A1 va A2 darajani, yaxshisi, O’zbekistonda (uyda yoki til kurslarida) o’rganib olishni tavsiya qilamiz. Intensiv tayyorlansangiz, buning uchun sizga o’rtacha 6 oy vaqt ketadi, xolos.

Quyida xorijlik abiturentlarni nemis tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorPassau Universiteti
O’quv yili1 yil
Darslar hajmihaftasiga 24 soat
Predmetnemis tili
Kurs narxi$4200
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

2

OrganizatorDAAD
O’quv yili1 oy – 1 yil
Darslar hajmiO’zgaruvchan
Predmetnemis tili
Kurs narxibepul – $4200
Turar joy universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotDAAD web-sahifasida 150 ga yaqin til kurslari haqida ma’lumot keltirilgan

3

OrganizatorGyote til maktabi
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetnemis tili
Kurs narxiintensivlikka qarab o’zgaradi
Turar joyGermaniyada turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotUning Toshkentda ham o’z filiali bor. U bergan sertifikatlar Yevropaning barcha universitetlari tomonidan tan olinadi.

O’qituvchi

Nemis tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

TANLANG 

O’ZBEKISTONGERMANIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashBEPUL yoki arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $4700
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska