Quyida universitetning, faqat, ingliz tilida o’qitiladigan ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berilgan. Davlat tilidagi ta’lim dasturlari haqida universitet web-sahifasidan bilib olasiz.

Diqqat. Italiya jamoat universitetlarida talabaning yillik kontrakt to’lovi uning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib hisoblanadi. Har bir talaba, xoh u italiyan, xoh xorijlik bo’lsin, oilaviy moliyaviy ahvoli haqidagi hujjat (ISEE parificato yoki ISEE equivalent) topshirishi shart. Aks holda, unga eng yuqori yillik to’lov miqdori belgilanadi. Ushbu hujjatga asosan, kontrakt to’lovingiz pasaytiriladi yoki umuman, bekor qilinadi. Agar sizda yillik oilaviy daromad €20.000 dan kam bo’lsa, odatda, siz uchun kontrakt to’lovi butunlay bekor qilinadi. Yuqoridagi hujjat uchun nimalarni ilova qilish va qayerga topshirish borasida Universitet o’quv bo’limi bilan bog’laning yoki internetga murojaat qiling.

Bakalavr

UZENYILYILLIK TO’LOV
Gastronomiya fanlari va madaniyatlari Gastronomic Sciences and Cultures3€1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Attestat
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Magistratura

UZENYILYILLIK TO’LOV
Oziq -ovqat innovatsiyalari va menejmentiFood Innovation & Management2 €1500
Ijodkorlik, ekologiya va ta’limCreativity, Ecology and Education1 €1500
Jahon oziq -ovqat madaniyati va harakatchanligiWorld Food Cultures and Mobility1 €1500
Oshxona san’atiCulinary Arts1 €1500
Oziq -ovqat madaniyati, aloqa va marketingFood Culture, Communication & Marketingv1 €1500
Sharob madaniyati va aloqaWine Culture and Communication1 €1500
Agroekologiya va oziq -ovqat suverenitetiAgroecology and Food Sovereignty1 €1500

Qabul shartlari

  • Ariza (link)
  • Diplom
  • Ingliz tili (B2)
  • CV

Qo’shimcha ma’lumotlar

 👉 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.
 👉 Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.