Fransiya jamoat va davlat universitetlarida oliy ta’lim mahalliy va EU talabalari uchun bepul. Uchinchi mamlakat fuqarolari bakalavr uchun yiliga o’rtacha 2770, magistratura uchun 3770 to’lashlari kerak, fransuz yoki ingliz tilida o’qishlaridan qat’iy nazar. Lekin qabul vaqtida universitetlar nomzodlarning avvalgi baholari va til bilish darajasiga qarab, yillik to’lovni qisman yoki butunlay kamaytirishlari mumkin. Doktorantura uchun xorijlik talabalar yiliga 380 to’laydi. Fransiya universitetlari, odatda, talabalarni imtihonsiz qabul qiladi, ya’ni qabul uchun hujjatlarni muvoffaqiyatli topshirgan har bir abiturent talabalikka qabul qilinadi. Fransiyada ham shanba va yakshanba rasmiy dam olish kuni.

O’rtacha maosh: € 3000

Eng kam maosh: € 1500

Fransiyada 3000 mingdan ortiq oliy ta’lim dargohlari bor. Mavjud o’quv dasturlar, qabul shartlari va oliy ta’lim bilan bog’liq barcha foydali va aktual ma’lumotlarni xorijlik talabalar uchun o’ziga jamlashtirgan yagona portal faoliyat yuritadi – campusfrance.org. Fransiyada o’qish va yashash haqida barcha kerakli ma’lumotlarni shu yerdan topish mumkin. Bu portal orqali to’g’ridan-to’g’ri o’quv dasturlariga ariza topshirish imkoniyati ham bor. Ma’lumot uchun. Fransiyada bakalavr darajasi “license” deb ataladi.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish sertifikati
  • DAP

Ariza

Deyarli barcha universitetlar arizani online topshirishingizni talab qiladi. Ariza to’lovini ham online amalga oshirasiz. Ba’zi jamoat universitetlarida ariza to’lovi mavjud emas. Ariza topshirish vaqt oynasi noyabrdan yanvaning o’rtalarigacha ochiq bo’ladi. Nima bo’lganda ham, har bir universitet web-sahifasidan ariza topshirish muddatlarini tekshirib oling. Imkoniyatni oshirish uchun, eng kamida 3 ta universitetga ariza topshiring.

Attestat/Diplom

Hujjat apostillangan va davlat tiliga tarjima qilingan (fanlar va baholar bilan) bo’lishi shart. Odatda, Fransiya universitetlari nostrifikatsiya talab qilmaydi.

Til

Fransiyada qaysi tilda (fransuz, ingliz tilida) o’qimoqchi ekanligingizga ko’ra, universitet uchun tilni bilishingiz haqida sertifikat taqdim qilish kerak. Ingliz tilidan xalqaro IELTS, TOEFL kabi sertifikatlarni ilova qilish mumkin. Fransuz tilida o’qish uchun tilni eng kamida B2 darajada bilish zarur. Fransuz tilidan xalqaro sertifikat DELF (Diplôme d’Etudes en Langue Française) deb ataladi. Ushbu sertifikatni O’zbekistonda, masalan, Fransiya elchixonasi yoki Alliance Française o’quv markazi berish vakolatiga ega.

DAP

DAP – Demande d’Admission Préalable, ya’ni Qabul Uchun Ariza, inglizchada Preliminary Request For Admission. Fransiya universitetida o’qimoqchi bo’lgan O’zbekistonlik abiturent ushbu arizani to’ldirib, kerakli hujjatlar bilan Fransiya elchixonasining Hamkorlik va Madaniyat bo’limiga topshirishi yoki pochta orqali yuborishi kerak. Ushbu arizani universitetga topshiradigan ariza bilan adashtirmang. DAP arizasi faqatgina Fransiya bilan ta’lim sohasida hech qanday kelishuvga ega bo’lmagan mamlakatlar, shu jumladan, O’zbekiston abiturentlari uchun majburiy, xolos.

Ushbu ariza yana White file, yoki White folder deb ham ataladi. Arizani to’ldirganingizdan so’ng, ushbu hujjatlarni arizaga ilova qiling:

  • Universitetga topshirgan arizadan kopiya
  • Attestat/Diplom va fanlar, baholar tarjimasi (apostil qilingan)
  • Tug’ilganlik guvohnomasi (fransuz tiliga tarjima qilingan)
  • Pasport
  • Til bilish sertifikati. Agar ushbu sertifikat sizda yo’q bo’lsa, elchixona siz uchun imtihon belgilaydi. To’lov taxminan 73 yevro

📌 Ariza blankasi ushbu web-sahifada har yili yangilab boriladi. Blanka va blankani to’ldirish bo’yisha instruksiya web-sahifaning o’ng tomonida joylashgan. Yoki ushbu blankani elchixonadan olishingiz mumkin.

Arizani yilning istalgan paytida jo’nata olmaysiz. Ariza jo’natish, odatda, 1-noyabrdan 17-yanvargacha ochiq bo’ladi.

Imtihon

Fransiya universitetlarining asosiy qismi abiturentlardan imtihon olmaydi, shunchaki, ular jo’natgan ariza va hujjatlar asosida qaror qabul qiladi.

Viza

Fransiya O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega.

Elchixona manzili: Google Map

Web: uz.ambafrance.org

E-mail: contact form

Telefon: +99 871 232 81 00

Arizani iloji boricha ertaroq topshiring. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, elchixona web-sahifasidagi tegishli talablarni sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.

1 yildan uzoqroq muddatga kelayotgan xorijiy talabalar “Long-Term Visa” ya’ni uzoq muddatli vizaga ariza topshirishlari kerak.

Elchixona uchun hujjatlar:

🟢 Ariza

Arizani to’ldirish va navbatga yozilish maxsus web-sahifa orqali amalga oshiriladi

🟢 Ariza to’lovi

🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi

🟢 4 ta rasm 3.5×4.5

🟢 Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma

🟢 Attestat / Diplom

🟢 Tibbiy sug’urta

Hozirgi kunda tibbiy sug’urtani osongina uydan chiqmay sotib olish mumkin. Bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijiy talabalar uchun boshqa sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon sug’urta paketiga ega (International Student Insurance Europe). Istasangiz, 90 kunga yoki bir yo’la 1 yilga sug’urtani rasmiylashtiring. Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining deyarli barcha elchixona va davlatlarida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.

🟢 Acceptance letter

Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.

🟢 Turar joy

Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.

🟢 Bank hisobi

2021-yil talablariga ko’ra, 1 oylik xarajatlar uchun hisobda bo’lishi kerak summa €650.

a) o’z nomiga ochilgan hisobda (Visa yoki Mastercard) talaba eng kamida €7380 pul mablag’i borligi haqida bankdan tasdiqnoma. Hujjat fransuz tiliga tarjima qilinishi kerak.

b) Boshqa bir shaxsning sizga homiylik qilishi haqida yozma bildirishnomasi. Ushbu bildirishnomaga uning bank hisobi ilova qilinadi. Barcha hujjat fransuz tiliga tarjima qilinishi va elchixona notariusi orqali tasdiqlanishi kerak.

Tavsiya! Apostil qo’yilgan va fransuz tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Fransiyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.

Turar joy

Sizda bir nechta variantlar bor: studentlar yotoqxonasi (student residence, kvartira, hostel va hokazo. Fransiyada student yotoqxonalari CROUS birlashmasi tomonidan boshqariladi. Yotoqxona olish uchun arizani qanday tayyorlash kerakligi haqida campusfrance portalida batafsil yozilgan. Yotoqxona o’rtacha narxi €200, lekin qimmat shaharlar Parij, Lyonda bu narx €400 gacha bo’lishi mumkin.

Yoki kvartirada xona ijaraga olsangiz bo’ladi.

Yana bir yaxshi variant oila yoki qariyalar bilan birga turish. Sizdan talab qilinadigan narsa uy yumushlarida yordam berish, yosh bolaga qarash va hokazo. Bu sizga bepul yoki arzon turar joy imkoniyati bilan birga haqiqiy fransuz atmosferada yashash imkonini beradi.

Fransiyada turar joy tanlash bo’yicha batafsil shu yerda o’qishingiz mumkin.

Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yxati keltirib o’tilgan:

👉 lokaviz.fr
👉 ciup.fr
👉 suitetudes.com
👉 parme-etudes.fr
👉 estudines.com
👉 nexity-studea.com
👉 fac-habitat.com
👉 cardinalcampus.fr
👉 neoresid.com
👉 student-factory.com
👉 unme-asso.com
👉 arfj.asso.fr
👉 habitatjeunes.org
👉 seloger.com
👉 lodgis.com
👉 pap.fr
👉 leboncoin.fr
👉 appartager.com
👉 roomlala.com
👉 immojeune.com
👉 lacartedescolocs.fr
👉 cohomly.com
👉 students-francestay.com

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Xorijiy talabaning yiliga 964 soat ishlash huquqi bor (yoki haftasiga 20 soat). 2020-yil holatiga eng kam soatbay ish haqi €10.25 ni tashkil qiladi. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 studentjob.fr
🧰 letudiant.fr
🧰 jobetudiant.net
🧰 fr.indeed.com
🧰 fr.jooble.org
🧰 jobaviz.fr
🧰 aidostage.com
🧰 momji.fr
🧰 jobmania.fr

Sug’urta

2019-yildan barcha mahalliy va xorijiy talabalarning majburiy sug’urta xarajatlari davlat tomonidan qoplanadigan bo’ldi. Barcha talabalar Fransiyaning Milliy Ijtimoiy Su’gurta (tibbiy va ijtimoiy su’gurta birlashmasi) tizimiga bepul registratsiya bo’lishi mumkin. Har bir xorijiy talaba o’z mustaqil ushbu su’g’ruta tizimizdan ro’yxatdan o’tishi zarur. Batafsil shu yerda.

Tayyorlov kurslari

Quyida xorijlik abiturentlarni fransuz tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

DavlatFransiya
OrganizatorCentre International d’Antibes
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetfransuz tili
Kurs narxi$14000
Turar joynarx ichida

2

DavlatFransiya
OrganizatorILA-France
O’quv yiliEng kamida 20 hafta
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetfransuz tili
Kurs narxi$270 / hafta
Turar joy$158 / hafta

3

DavlatFrance
OrganizatorCampusFrance
O’quv yiliKursni istalgan oy boshlash mumkin
Darslar hajmitalabga ko’ra
Predmetfransuz tili
Kurs narxiintensivlikka qarab
Turar joy joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotFransiyadagi til maktablari databazasi

4

DavlatO’zbekiston
OrganizatorToshkent Fransuz Aliyansi 
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetnemis tili
Kurs narxi42000 so’m / soat

O’qituvchi

Fransuz tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

TANLANG 

O’ZBEKISTONFRANSIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashBEPUL yoki arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $3600
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska