Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun ham bepul, qachonki o’qishni fin yoki shvet tilida tanlasangiz. Ingliz tilida o’qitiladigan dasturlar yillik kontrakti taxminan $1500 dan boshlanadi. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: € 4700

Eng kam maosh: € 1200

Finlandiyada 40 ga yaqin universitetlar faoliyat yuritadi, shulardan 35 tasi jamoat universitetlari hisoblanadi.

studyinfinland.fi portali xorijiy talabalarga Finlandiya oliy ta’limi haqida batafsil ma’lumot beradi.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Fin universitetlariga ariza Studyinfo.fi portali orqali topshiriladi. Ariza to’lovi yo’q. Arizani qachon topshirishni bilish uchun har bir universitetning talablariga qarang. Bitta arizada 6 tagacha o’quv dasturini (turli xil universitetlardan bo’lsa ham) tanlashingiz yoki har bir universitetga alohida ariza topshirishingiz mumkin.

Attestat/Diplom

Arizaga apostil va ingliz tiliga tarjima qilingan hujjatni ilova qiling. Hujjatni fin tiliga tarjima qilish, odatda, talab qilinmaydi.

Til bilish

Fin tilidagi o’quv dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan xorijiy talabalar uchun 1 yillik mahsus o’qishga tayyorlov kurslari bor. Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lganlar, IELTS, TOEFL kabi xalaqaro sertifikatlardan birini arizga ilova qilishlari zarur.

Imtihon

Kirish imtihoni borligi yoki yo’qligi haqida har bir universitet web-sahifasidan bilib olasiz.

Viza / Yashashga ruxsatnoma

Finlandiya hozircha O’zbekistonda na elchixona va na konsullikka ega. O’zbekiston fuqarolari viza masalasini Moskvadagi Finlandiya elchixonasi orqali hal qiladi. Lekin viza uchun arizalarni VFS Global (Finlandiya elchixonasi rasmiy hamkori) orqali ham topshirish mumkin.

90 kundan uzoqroq muddatga kelayotgan xorijiy talabalar bir yo’la yashashga ruxsatnoma (Residence Permit) uchun ariza topshirishlari kerak. Ariza eng ko’pi bilan ketishdan 6 oy oldin topshirilishi mumkin. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, internetda viza talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki iloji bo’lsa, shaxsan konsultatsiyaga boring.

Viza uchun hujjatlar:

🟢 Ariza

Ariza online to’ldiriladi.

🟢 Ariza to’lovi

🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi

🟢 4 ta rasm 3.5×4.5

🟢 Tibbiy sug’urta

Viza talabiga ko’ra, tibbiy sug’urta eng kamida 1 yilga rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda Finlandiya uchun tibbiy sug’urtani osongina uydan chiqmay sotib olish mumkin. Bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijiy talabalar uchun boshqa sug’urta kompaniyalariga qaraganda ancha arzon sug’urta paketiga ega (International Student Insurance Europe). Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining deyarli barcha elchixona va davlatlarida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.

🟢 Acceptance letter

Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.

🟢 Turar joy

Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.

🟢 Bank hisobi

2021-yil holatiga ko’ra, yashashga ruxsatnoma olish uchun xorijiy talaba har uchun €560 ga ega bo’lishi kerak. Agar turar joyni universitet bepul ta’minlasa, unda €280, agar yeb-ichishni ham ta’minlasa, unda oyiga €195 mablag’ga ega ekanligini talaba isbotlashi kerak. Yashashg ruxsatnomani bir yo’la 2 yilga olish mumkin, agar hisobingizda yetarlicha pul bo’lsa. Aks holda, 1 yilga ham olishingiz mumkin (€6720).

a) bankda talaba nomida ochilgan hisobda yetarlicha mablag’ borligi haqida tasdiqnoma. Ingliz tilida. Pulning qayerdan (ota-onadan, aka-ukadan, homiydan) kelganligi haqida isbot talab qilinishi mumkin.

b) Finlandiyada stipendiya olishingiz haqida hujjat

Tavsiya! Apostil qo’yilgan va ingliz/fin tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom, sudlanmaganlik haqida va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Finlandiyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.

Turar joy

Sizda 2 ta tanlov bor: talabalar turar joyi birlashmalari orqali yoki xususiy sektordan (kvartira, hostel va hokazo). Talabalarga yotoqxona ajratish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar ro’yxatini sao.fi sahifasidan topasiz. Yoki siz qabul qilingan universitet o’quv bo’limidan yotoqxona masalasida yordam berishlarini so’rab ko’ring.

🏠 asuntosaatio.fi
🏠 asunnot.oikotie.fi
🏠 etuovi.com
🏠 kiinteistomaailma.fi
🏠 vuokraovi.com

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarning haftasiga 25 soat ishlashlariga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Finlandiyada taxminan €9. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 Monster.fi
🧰 Oikotie.fi
🧰 Duunitori.fi
🧰 Jobs in Helsinki
🧰 Careerjet
🧰 Work in Finland

Sug’urta

Har bir xorijiy talabaning tibbiy sug’urtasi bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani faqat xususiy su’gurta kompaniyalaridan sotib olishlari mumkin. Masalan, Marsh Health Insurance Package (yillik €431)yoki The Student Insurance Program (SIP) brochure (yillik €260).

Tayyorlov kurslari

Quyida xorijlik abiturentlarni fin tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorFinnish Courses
O’quv yilikurs talabiga qarang
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetfin tili
Kurs narxiintensivlikka qarab o’zgaradi
Turar joyturar joyni mustaqil topish
Qo’shimcha ma’lumotFinlandiyada fin tili maktablari databazasi. Bu yerdan siz kurslarni saralab, o’zingizga mosini tanlab olishingiz mumkin.

O’qituvchi

Fin tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

TANLANG 

O’ZBEKISTONFINLANDIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashBEPUL yoki arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $5600
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska