Oliy ta’lim siz qayerdan bo’lishingizdan qat’iy nazar, mutlaqo bepul. Albatta, buning uchun mahalliy talabalar bilan bir shartlarda o’qishga qabul qilinishingiz va eston tilini bilishingiz zarur. Ingliz tilidagi o’quv dasturlar ham cho’ntakbop, yillik to’lov o’rtacha €1500 – €4000 atrofida. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.
O’rtacha maosh: € 1500
Eng kam maosh: € 600
Estoniyada 20 dan ortiq universitetlar faoliyat yuritadi, shularning 15 tasi jamoat universitetlari. O’quv dasturlari va Estoniyada yashash bilan bog’liq barcha foydali ma’lumotlar studyinestonia.ee sahifasida jamlangan.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Universitetga ariza topshirishdan avval uning qabul shartlarini (web-sahifasi orqali) o’qib chiqing. Deyarli barcha universitetlar arizani online qabul qiladi. Ko’plab universitetlar markazlashgan ariza topshirish portali estonia.dreamapply.com dan foydalanadi. Ba’zi universitetlar online to’ldirilgan arizani printerdan chiqarib, original hujjatlar bilan birgan universitetga yuborishni talab qiladi. Universitet qabul talablarini o’qib chiqing.
Attestat/Diplom
Apostil va ingliz tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling. Odatda, attestatni nostrifikatsiya qilish shart emas.
Til bilish
Ingliz tilidan IELTS, TOELF kabi xalqaro sertifikatlardan birini arizaga ilova qiling. Agar eston tilida (bepul) o’quv dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lsangiz, davlat tilini eng kamida B2 darajada bilishingizni isbotlovchi sertifikat ko’rsatish zarur.
Imtihon
Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Imtihon, odatda, test shaklida o’tkaziladi. Universitet qabul shartlarida, imtihon qaysi fandan, qay shaklada va online yoki offline o’tkazilishi haqida batafsil bilib olasiz.
Viza
Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.
Turar joy
Universitet yotoqxona bilan ta’minlay oladimi yoki yo’qmi, buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Siz yotoqxona ololmasangiz ham, falokat emas. Estoniya Yevropaning yashash eng arzon davlatlaridan biri. Kvartirada xona ijaraga olish sizga oyiga o’rtacha €200 ga tushadi. Bir oylik yotoqxona to’lovi sharoiti, joylashuviga qarab €80-€150 atrofida. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarga ishlash borasida hech qanday cheklov yo’q, albatta, bu sizning o’qishingizga halaqit bermasligi kerak. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Latviyada taxminan €4. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:
🧰 workinestonia.com
🧰 cvkeskus.ee
🧰 cv.ee
🧰 ej.ee
🧰 linkedin.com/jobs/jobs-in-estonia
Sug’urta
Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Estoniya xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Batafsil shu yerda.
O’ZBEKISTON | ESTONIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Bepul yoki arzon, muhimi, sifatli oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $1100 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |