What
  • Davlat
  • Universitet
Where

Oliy ta’lim Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan talabalar uchun bepul emas. Lekin Daniyada xorijiy talabalar uchun scholarshiplar juda ko’p. Yillik kontrakt to’lovi €6000 dan €16000 gacha bo’lishi mumkin. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: $ 6500

Eng kam maosh: $ 2600

Daniyada 60 dan oshiq oliy da’lim dargohlari faoliyat yuritadi, shularning 24 tasi jamoat universitetlari hisobalanadi.

Xorijiy talabalar oliy ta’lim va o’qish bilan bog’liq barcha foydali ma’lumotni studyindenmark.dk portalidan olishlari mumkin.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Arizalar markazlashgan web-sahifa optagelse.dk orqali topshiriladi. Batafsil ma’lumotni shu yerdan o’qiysiz.

Attestat/Diplom

Hujjat apostil va tarjima qilingandan so’ng, nostrifikatsiya qilinishi ham zarur. Ushbu vazifa bilan Daniya Oliy Ta’lim Agentligi shug’ullanadi. Nostrifikatsiya uchun arizani online topshirish ham mumkin.

Til bilish

Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlardan birini arizaga ilova qiling. Daniya tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, “Danish as a foreign language” yoki “Danish Test 2” kabi sertifikatni olishingiz zarur. Batafsil ma’lumotni studyindenmark.dk sahifasidan o’qib chiqing.

Imtihon

Siz o’qimoqchi bo’lgan universitet va yo’nalish uchun kirish imtihoni bormi yoki yo’qmi, har bir universitet web-sahifasida bilib olasiz.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Birinchi navbatda, universitet web-sahifasidan yoki o’quv bo’limidan turar joy masalasida yordam bera olishini bilib oling. Lejerens Frie Retshjælp Daniyada turar joy bo’yicha bepul maslahat va amaliy yordam beruvchi tashkilot. Agar turar joyni mustaqil qidirishga to’g’ri kelsa, quyidagi web-sahifalar sizga yordam berishi mumkin:

🏠 ungdomsboliger.dk
🏠 studenterguiden.dk
🏠 kollegierneskontor.dk
🏠 studenthousingaarhus.com
🏠 housinganywhere.com
🏠 DanmarkBolig.dk
🏠 Boligportal.dk
🏠 Findroommate.dk 

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarning haftasiga 20 soat ishlashlariga ruxsat berilgan. Ta’til oylari to’liq stavkada ham ishlash mumkin. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Daniyada taxminan €15. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 workindenmark.dk
🧰 jobindex.dk
🧰 stepstone.dk
🧰 graduateland.com
🧰 randstad.dk
🧰 adecco.dk
🧰 studenterguiden.dk

Sug’urta

Daniyada xorijiy talabalar ham bepul jamoat tibbiy sug’urtasidan foydalanishga haqli. Ya’ni talabadan xususiy sug’urta sotib olish talab etilmaydi. Lekin bepul davlat sug’urtasi sizning faqat “emergency” holatlardagi xarajatlaringizni qoplaydi. Batafsil shu yerda.

TANLANG 

O’ZBEKISTONDANIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lash3 yil kontrakt to’lash, sifatli ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $6500
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska