Chexiyada millati va fuqaroligidan qat’iy nazar, jamoat universitetlarida bepul ta’lim kafolatlangan. Yagona talab – davlat tilini B2 darajasida bilish. Chexiyada bakalavr 3 yil va magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba dam olish kunlari hisoblanadi.
O’rtacha maosh: 36000 korun ($1600)
Eng kam maosh: 15000 korun ($680)
Chexiyada 200 ga yaqin oliy ta’lim dargohlari bor.
Ariza
Chexiya universitetlariga arizalar asosan elektron qabuk qilinadi. Arizalar qabul qilish odatda, noyabrning oxiridan fevralning oxirigacha davom etadi. Abiturent istalgancha universitetga ariza topshirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta fakultet doirasida 3 tagacha yo’nalishni tanlash mumkin.
Ariza to’lovi
Ariza elektron to’ldirilganda, ariza uchun to’lovni ham o’sha portala to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirish imkoni bo’ladi yoki bank orqali to’lashingiz uchun, hisob raqam va boshqa kerakli ma’lumotlar sizga taqdim qilinadi. To’lov qilish borasida biror savolingiz bo’lsa fakultet o’quv bo’limiga ikkilanmasdan email yozib, so’rang.
Attestat/Diplom nostrifikatsiyasi
Nostrifikatsiya uchun arizani Chexiyaning istalgan shahridagi davlat xizmatlari markaziga (krajský úřad) topshirishingiz mumkin. Masalan, Pragada bu – Magistrát Hlavního města Prahy. To’lov – 1000 CZK ($45). Markaz talab qiladigan hujjatlar: ariza, apostili bor, chex tiliga tarjima qilingan attestat va ilova notarial kopiyasi, pasport kopiya yoki ID, Chexiyadagi turar joyingiz haqida ma’lumot. Nostrifikatsiya berish uchun muddat 30 kun. Lekin ba’zi hollarda 60 kungacha uzayishi mumkin. O’rta ta’lim diplomini nostrifikatsiya qilish procesi haqida shu yerda batafsil yozilgan. Oliy ta’lim diplomini nostrifikatsiyasi bilan universitetlarning o’zi shug’ullanadi. Batafsil shu yerda tanishib chiqing.
Nostrifikatsiya protsedurasi haqida alohida maqolamizni ham o’qib chiqing.
Chexiyada imtihon odatda test shaklida online yoki fakultetda o’tkaziladi. Savollar faqat o’z yo’nalishingizga doir fanlardan yoki mantiqiy savollardan tashkil topadi. Deyarli barcha universitetlar abiturentlar uchun tayyorlov kurslari tashkil qiladi yoki sahifasida avvalgi yili tushgan testlarni, foydali ma’lumotlarni e’lon qiladi. Imtihonning aniq sanasi haqida fakultet sizni mail orqali xabardor qiladi. Odatda, imtihon aprel, may va iyun oylarida bo’lib o’tadi.
Chexiya O’zbekistonda o’z elchixonasiga ega.
Elchixona manzili: Google Map
Web: mzv.cz/tashkent
E-mail: uzbekistan@mzv.cz
Telefon: +998 78 120 30 51
Arizani Chexiyaga ketmoqchi bo’lgan kuningizdan eng ko’pi bilan 3 oy oldin topshirish mumkin. Ariza uchun hujjatlar to’plashdan oldin, elchixona web-sahifasining tegishli talablarini sinchiklab, o’qib chiqing. Qo’shimcha savollaringiz yoki biror tushunmovchilik bo’lsa, hech ikkilanmay telefon yoki email orqali konsullik bilan bog’laning yoki shaxsan konsultatsiyaga boring.
Chexiyaga 6 oydan uzoqroq muddatga bormoqchi bo’lgan odamlar vizaga emas, “uzoq muddatga qolish” (Dlouhodobý pobyt) uchun ariza topshiradi. Xorijlik talabalar ham aynan shu kategoriyaga mos. Chunki bakalavriat ham, magistratura ham, odatda, 1 yildan uzoqqa cho’ziladi.
Elchixona uchun hujjatlar:
🟢 Ariza
🟢 Ariza to’lovi
🟢 Xorijga chiqish pasporti va kopiyasi
🟢 4 ta rasm 3.5×4.5
🟢 Tibbiy sug’urta
Tibbiy sug’urta ariza topshirish vaqtida shart emas. Uni viza chiqqanidan so’ng ham, taqdim qilsangiz bo’ladi. Yevropa Ittifoqiga ketayotganlar tibbiy sug’urtani hozirda uydan chiqmay osongina hal qilishlari mumkin. Masalan, bevosita Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritadigan Swisscare xorijlik talabalar uchun tibbiy sug’urtani 1 kundan 1 yilgacha bo’lgan muddatga sotib olish imkonini beradi (International Student Insurance Czech Republic) . Buning uchun sizda Visa yoki Mastercard bo’lsa kifoya. Ushbu sug’urta kompaniya sertifikati Yevropa Ittifoqining barcha elchixonasida tan olinadi. Ariza rad etilgan holda sug’urta pulini qaytarib olishingiz mumkin.
🟢 Acceptance letter
Agar universitetga shartnoma asosida (yillik to’lov bilan) qabul qilingan bo’lsangiz, elchixona sizdan shartnoma to’langanligi haqida hujjat (invoice, bank statement yoki statement from internet banking) so’rashi mumkin. Agar o’qishni boshlash uchun shartnoma to’lovini zudlik bilan to’lash shart bo’lmasa (keyinroq to’lash sharti bilan) yoki semestr to’lovini oylarga bo’lib to’lash mumkin bo’lsa, unda elchixona sizdan universitetning bu haqidagi qarori yoki xabarini va hisob raqamda shartnoma to’lovi uchun yetarli mablag’ borligini ko’rsatishni talab qilishi mumkin.
🟢 Turar joy
Universitet yotoqxonasi bilan shartnoma yoki kvartira egasining sizga joy taqdim qilganligi haqida notarius tasdiqlagan bildirishnomasi (kadastr hujjatidan kopiya bilan birga) yoki u bilan tuzilgan shartnoma. Turar joy eng kamida 6 oyga berilgan bo’lishi kerak. Imkon bo’lsa, albatta, 1 yilga olishni tavsiya qilamiz.
🟢 Bank hisobi
a) 2021-yilda amal qilayotgan talabga ko’ra, xorijlik talaba bank hisobida eng kamida 95000CZK (€4000) ga teng mablag’ ko’rsatishi kerak. Elchixonaga mablag’ni so’mda yoki dollarda (tavsiya qilinadi) ko’rsatish mumkin. Mablag’ni xalqaro to’lov kartalari Visa yoki Mastercard hisobida ko’rsating. Hujjat chex tiliga tarjima qilinishi kerak.
b) Boshqa bir yuridik yoki yakka shaxsning sizga homiylik qilishi haqida yozma bildirishnomasi. Ushbu bildirishnomaga uning bank hisobi ilova qilinadi. Barcha hujjat chex tiliga tarjima qilinishi va elchixona notariusi orqali tasdiqlanishi kerak.
🟢 Sudlanmaganlik haqida hujjat
IIB vazirligi yoki Davlat xizmatlari agentligidan olinadi va Tashqi Ishlar vaziriligida apostil qilinadi. So’ng, chex tiliga tarjima qilinadi.
Chexiyaga kelganingizdan so’ng, 3 ish kuni ichida siz yashab turgan shaharning xorijliklar bilan ishlash bo’limiga (Cizinecká policie) borib, registratsiyadan o’tishingiz shart. U yerda sizga yashashga ruxsatnoma (ID karta) beradi. Shundan so’nggina, Chexiyada qonuniy “yashash” bilan bog’liq barcha byurokratiya va xarajatlar siz uchun tugaydi. Endi bor e’tiboringizni o’qishga qaratishingiz mumkin.
Tavsiya! Apostil qo’yilgan va chex tiliga tarjima qilingan barcha original hujjatlarni (diplom, sudlanmaganlik va hokazo) enga kamida 1 ta nusxada notarial kopiya qilib oling (elchixonada yoki Chexiyada). Chunki ushbu hujjatlar kelajakda yana kerak bo’lib qolish ehtimoli bor. Hech qachon qo’lingizdagi yagona original yoki notarial tasdiqlangan asliga to’g’ri hujjatni topshirib yubormang.
Chexiyada bepul ta’lim olish uchun chex tilini minimum B2 darajasida bilish zarur. Istalgan tilni, shu jumladan chex tilini ham o’rganish uchun, agar intensiv tayyorlansangiz (kuniga eng kamida 3 soat, xaftasiga 5 kun), buning uchun sizga 6-9 oy vaqt bemalol kifoya qiladi. Hozirda xorijiy tilni Zoom, Skype orqali mahalliy o’qituvchilar bilan ham o’rganish imkoniyati bor. Yoki imkon topib, tilni shu mamlakatning o’zida intensiv kurslar orqali o’rganishni maslahat beramiz. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasidan tilni tez o’rganasiz. Bundan tashqari, tilni B2 darajada bilish haqida sertifikatingiz bo’lsa, katta PLYUS.
Universitet yotoqxona narxlari sharoiti, xonada necha kishiligiga qarab, o’rtacha 150 yevro atrofida. Yashash uchun albatta boshqa alternativlar ham bor: kvartira, kvartira xonasi, hostel va hokazo. Quyida mana shunday e’lonlarni qidirish bo’yicha Chexiyadagi mashhur web-sahifalar keltirib o’tilgan:
Nima | Qayerda |
---|---|
Hostel | nejlevnejsi-ubytovny.cz |
Hostel | uby.cz |
Hostel | kamsi.cz |
Kvartira, xona | flatio.cz |
Studentlar uchun turar joylar | studentreality.cz |
Studentlar uchun turar joylar | apartmanstudent.cz |
Studentlar uchun turar joylar | ubytovaniprovsechny.cz |
Hotel, hostel | megaubytko.cz |
Kvartira | sreality.cz |
Kvartira | bezrealitky.cz |
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Uy, apartman, xona | airbnb.com |
Uy, apartman, hostel, hotel | booking.com |
Chexiyada talabalarning xaftasiga 20 soat ishlashiga ruxsat beriladi. Talabalar uchun soatbay (cz: brigada) ish topib beradigan agentliklar bu yerda juda ko’p. Yoki ko’plab firmalarda talabalarga mos xaftasiga 20 soatlik “part-time” ishlar ham bor. Talabalar ish turi va joyiga qarab, soatiga o’rtacha 150 – 200kč ($4-6) ishlab topadi. Quyidagi jadvalda Chexiyada mashhur ish topib beruvchi agentliklar va e’lon beruvchi web-sahifalar keltirilgan:
Nima | Qayerda |
---|---|
Ish e’lonlari | prace.cz |
Ish e’lonlari | profesia.cz |
Ish e’lonlari | easy-prace.cz |
Ish e’lonlari | prace.bazos.cz |
Ish e’lonlari | jobdnes.cz |
Ish e’lonlari | jobs.cz |
Ish e’lonlari | cz.indeed.com |
Soatbay ishlar | nabrigadu.cz |
Agentlik | student.cz |
Soatbay ishlar | fajn-brigady.cz |
Soatbay ishlar | brigadaihned.cz |
Chexiyada har bir kishi tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan xorijiy talabalar tibbiy sug’urtani o’zlari to’laydi. 1 yillik tibbiy sug’urta sizga o’rtacha $500-600 ga tushadi. Ushbu online kalkulator orqali sug’urta xarajatini hisoblab ko’rishingiz mumkin. Sug’urta olish uchun sug’urta kompaniyasi ofisiga borish shart emas, uni online ham amalga oshirsa bo’ladi. Quyidagi jadvalda xorijliklar uchun tibbiy sug’urta taklif qilayotgan sug’urta kompaniyalarining ba’zilari keltirib o’tilgan:
Slavia | slavia-pojistovna.cz |
Maxima | maximastudent.com |
Uniqa | uniqa.cz |
VZP | vzpforforeigners.cz |
Ergo | ergo.cz |
Swisscare | swisscare.com |
Quyida xorijlik abiturentlarni chex tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.
Organizator | Praga Metropoliten Universiteti |
O’quv yili | oktabr – sentabr yoki 30 hafta |
Darslar hajmi | har ish kuni 4 soatdan |
Predmet | chex tili |
Kurs narxi | $2700 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Tomas Bata Universiteti |
O’quv yili | sentabr – may |
Darslar hajmi | 700 soat |
Predmet | chex tili |
Kurs narxi | $3000 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Masarik Universiteti |
O’quv yili | sentabr – may |
Darslar hajmi | 440 soat / 570 soat / 635 soat |
Predmet | chex tili |
Kurs narxi | $3200 / $4750 / $5200 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Mendel Universiteti |
O’quv yili | sentabr – avgust |
Darslar hajmi | 560 soat |
Predmet | chex tili |
Kurs narxi | $2850 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Palacky Universiteti |
O’quv yili | sentabr – avgust |
Darslar hajmi | 600 soat |
Predmet | chex tili |
Kurs narxi | $4000 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Til va Oliy Ta’limga Tayyorlov Instituti (UJOP) |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | haftasiga 35 soat |
Predmet | chex tili va yo’nalish fanlar |
Kurs narxi | $7000 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Praga Iqtisod va Biznes Universiteti |
O’quv yili | sentabr – may |
Darslar hajmi | 33 hafta yoki haftasiga 20-25 soat |
Predmet | chex tili va yo’nalish fanlar |
Kurs narxi | $5200 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Praga Texnika Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | 700 soat |
Predmet | chex tili va yo’nalish fanlar |
Kurs narxi | $4700 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Organizator | Janubiy Bohemiya Universiteti |
O’quv yili | sentabr – iyun |
Darslar hajmi | haftasiga 20 soat |
Predmet | chex tili |
Kurs narxi | $3750 |
Turar joy | universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping |
Chex tilini o’rganish uchun Chexiyaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Chex tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (chex) o’qituvchilarni doučuji.eu yoki xalqaro repetirorlik preply.com portalidan topish mumkin.
O’ZBEKISTON | Chexiya |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Kafolatlangan BEPUL oliy ta’lim |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bisyor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $1600 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |
Chexiyada o’qish va yashash bilan bog’liq foydali ma’lumotlarni studyin.cz portalida ham kuzatib borishingiz mumkin.