Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun bepul emas. Yillik to’lov €1000 – €4000 atrofida. Lekin Belgiya hukumati va universitetlar chet ellik talabalar uchun ajratadigan scholarshiplari juda ko’p. Ular ajratadigan scholarship ba’zan sizning yashash xarajatlaringizni ham qoplashi mumkin. Yoki student sifatida ishlab ham, o’qish to’lovini bemalol to’lash mumkin. Belgiya federativ davlat, unda 3 ta komunitaga bo’lingan: dutch (golland), french (fransuz) va german (nemis). Ya’ni universtetlarda man shu 3 xil tilda o’quv dasturlari topishingiz mumkin. Bundan tashqar, ingliz tilidagi o’quv dasturlari ham yildan-yilga oshib bormoqda.
O’rtacha maosh: € 4,200
Eng kam maosh: € 1,600
Belgiyada 60 dan oshiq oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi. O’quv dasturlar va Belgiyada yashash borasidagi foydali ma’lumotlar bilan studyinflanders.be yoki studyinbelgium.be portalida tanishib chiqishingiz mumkin.
Qabul uchun asosiy hujjatlar
Ariza
Arizani har bir universitet o’z web-sahifasida online topshirasiz.
Attestat/Diplom
Apostil va tarjima qilingan hujjatni nostrifikatsiya qildirish zarur. O’zbekistonda olgan attestatni qanday qilib nostrifikatsiya qilishni siz o’qimoqchi bo’lgan universitet o’quv bo’limidan so’rang. Ular sizga hujjatni qaysiz tilda topshirishni, nostrifikatsiya uchun kim ma’sulligini (universitet yoki ta’lim vazirligi) aniqlashitirib beradi. Nostrifikatsiya xarajati €65 – €200 atrofida bo’lishi mumkin.
Til bilish
Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, arizaga IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlardan birini ilova qiling. Fransuz, nemis yoki golland tilidan sertifikat shartmi yoki yo’qligini fakultet qabul shartlaridan bilib olasiz.
Imtihon
Universitetlar odatda imtihonni faqat yo’nalish fandan online test shaklida o’tkazadi. Ba’zi universitetlar sizni topshirgan hujjatlaringizga ko’ra qabul qiladi. Kirish imtihoni borligi yoki yo’qligi haqida har bir universitet web-sahifasidan bilib olasiz.
Viza
Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.
Turar joy
Universitet yotoqxona bilan ta’minlay oladimi yoki yo’qmi, buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Kvartira (flat-sharing), hostellar ham talabalar tomonidan ko’p foydalaniladigan turar joylar hisoblanadi. Bir oylik xona ijarasi taxminan €350-€400, lekin qaysi shaharda yashashingiz qarab bu narx farq qilishi mumkin. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:
🏠 housinganywhere.com
🏠 erasmusu.com
🏠 spotahome.com
🏠 nestpick.com
🏠 immobrussels.be
🏠 century21.be
🏠 immoweb.be
🏠 facebook.com/groups/195527370457521/
Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.
Ish va ish haqi
Talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soat, ta’til oylari checklovsiz ishlash huquqi berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Belgiyada taxminan €10. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallar keltirib o’tilgan:
🧰 student.be
🧰 actiris.be
🧰 leforem.be
🧰 jobat.be
🧰 Brussels Jobs
🧰 StepStone
🧰 LinkedIn Belgium
Sug’urta
Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabala sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Belgiyada xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Bunday kompaniyalar ro’yxatiga, masalan, allianzcare, AXA, Pacific Prime kabilar kiradi.
O’ZBEKISTON | BELGIYA |
---|---|
Bakalavr 4 yil | Bakalavr 3 yil |
X yil repetitor + xarajat | 1 yil xorijiy tilni o’rganish |
O’qishga kirish imkoniyati 1% | O’qishga kirish imkoniyati 99% |
4 yil kontrakt to’lash | Sifatli oliy ta’lim, scholarshiplar ko’p |
Talabaga ish yo’q | Talabaga ish bor |
Diplom olgandan so’ng, ish yo’q | Ish topishga 99% kafolat |
O’rtacha oylik $200 | O’rtacha oylik $5000 |
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqori | Qonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska |
… | … |