Apostil, yoki legalizatsiya (legalisation) – bu biror hujjatning haqiqiyligini davlat organi tomonidan tasdiqlab berilishi. To’g’rirog’i, o’sha hujjatga qo’yilgan imzo yoki pechat haqiqiy ekanligini tasdiqlash.
Ta’lim dargohlari bergan hujjatlarni (attestat, diplom, ilova) apostillash DTM vazifasiga kiradi. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasiga apostil berish Fuqarolarni ro’yxatga olish markazlari (ZAGS) zimmasida.
Hujjatni apostillash uchun kerakli tashkilotga arizani shaxsan, DXM orqali yoki Yagona Interaktiv Xizmatlar portali orqali topshirish mumkin. Apostil 5-10 kun ichida tayyor bo’ladi.
❗❗❗Yodingizda tuting: apostil albatta original hujjatga berilishi (bevosita original hujjatga tikilishi) shart. Aks holda, xorijiy mamlakat uni qabul qilmasligi mumkin. Agar O’zbekistonda sizdan hujjatning notarial kopiyasini berish so’ralsa, buni rad eting va original hujjatni to’g’ridan-to’g’ri apostillashni talab qiling.
Chet elga, ayniqsa, Yevropaga o’qishga yoki ishlashga kelayotgan bo’lsangiz, eng so’nggi ta’lim hujjatini (o’rta ta’lim attestati yoki oliy ta’lim diplomini, ilovasini), tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomani (metrka), nikoh guvohnomasini, albatta, apostil bilan olib keling.
❗❗❗Yodingizda tuting: apostil qilingan hujjatni, albatta, o’qimoqchi bo’lgan davlatdagi rasmiy notarius orqali bir nechta “asliga to’g’ri” qilib, notarial kopiya qildirib oling va kerakli joylarga asl nusxani emas, notarial kopiyani topshiring. O’zbekiston notariuslari kopiyasi O’zbekistondan tashqarida amal qilmasligini esdan chiqarmang.
Apostil ko’rinishi
