What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Vengriyada xorijlik talabalar ham bepul ta’lim olish huquqiga ega. Buning uchun sizdan, faqat, venger tilini bilish (B1/B2) talab qilinadi, xolos. Agar intensiv o’qisangiz, B1 yoki B2 darajani 1 yilga qolmay egallash mumkin. Venger tilidan xorijliklar uchun darsliklarni, lug’at va turli xil mobil ilovalarni internetdan oson va bepul topish mumkin.

Moliyaviy sharoit ko’tarsa, tilni, albatta, Vengriyada o’rganing. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasida tilni tezroq o’rganasiz.

Yodda tuting! Atigi 1 yil vaqt va mablag’ingizni investitsiya qilib, siz O’zbekistondagi eng kamida 4 yil kontrakt to’lash va sifatsiz ta’limdan o’zingizni (va oilangizni) qutqarasiz. Vengriyada, nafaqat, imtihonlar oson, balki imtihonsiz qabul qiluvchi yuzlab yo’nalishlar bor. Yevropa Ittifoqi a’zosi bo’lgan Vengriyada ta’lim olishning boshqa o’nlab afzalliklarini sanab o’tirishning hojati yo’q.

Quyida xorijlik abiturentlarni venger tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorPecs Universiteti
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmi800 soat
Predmetvenger tili
Kurs narxi$6700
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

2

OrganizatorSzeged Universiteti
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmihaftasiga 30 soat
Predmetvenger tili
Kurs narxi$4600
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

3

OrganizatorDebrecen Universiteti
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmi600 dars yoki kuniga 4 soatdan
Predmetvenger tili
Kurs narxi$3800
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

4

OrganizatorTashqi Ishlar Vazirligi
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmihaftasiga 30 soat
Predmetvenger tili
Kurs narxi$3700
Turar joyturar joyni mustaqil toping

O’qituvchi

Venger tilini o’rganish uchun Vengriyaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Venger tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (venger) o’qituvchilarni, masalan, preply.com portalidan topish mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing