What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Slovakiyada millati va fuqaroligidan qat’iy nazar, jamoat universitetlarida bepul ta’lim kafolatlangan. Yagona talab – davlat tilini B2 darajasida bilish. Slovakiyada bakalavr 3 yil va magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: €1.200 (2021)

Eng kam maosh: €600 (2021)

Slovakiyada 40 ga yaqin universitetlar bor. Ularning 20 tasi jamoat, 3 tasi davlat va qolganlari xususiy sektor ixtiyorida.

Qabul uchun talab qilinadigan asosiy hujjatlar:

  • Ariza. Nomzod istalgancha yo’nalishga ariza topshirishi mumkin.
  • Ariza to’lovi (yoki qabul to’lovi deb ham ataladi)
  • Attestat/diplom + Nostrifikatsiya
  • Slovak tili (B2)
  • Rezume
  • Tibbiy ma’lumotnoma

Ariza

Slovakiya universitetlariga (fakultetlariga) arizani mamlakatda umum qabul qilingan blanka orqali ham topshirishingiz mumkin. Lekin so’nggi paytda ko’pgina universitetlar arizani faqat elektron shaklda yuborishni talab qilmoqda. Universitet (fakultet) web-sahifasida arizani qaysi portal orqali to’ldirish va qanday to’ldirish haqida batafsil ma’lumot beriladi. Slovakiyada qabul uchun arizalar, odatda, noyabrning oxiridan fevralning oxirigacha. Ba’zi fakuktetlar arizalarni may yoki avgust oxirigacha ham qabul qilishi mumkin. Diqqat: abiturent istalgancha universitetga ariza topshirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta fakultet doirasida 3 tagacha yo’nalishni tanlash mumkin. Shuning uchun, bitta yoki 2 ta variant bilan chegaralanmang.

Ariza to’lovi

Ariza to’lovi miqdori va uni qaysi bank hisobiga to’lash haqida har bir fakultet web-sahifasida batafsil ma’lumot beriladi. Yoki ariza elektron to’ldirilganda, odatda uning so’nggida siz uchun mahsus ariza to’lovi miqdori va pul o’tkazish uchun hisob ma’lumotlari ko’rsatiladi. Pulni bank ofisi orqali to’lasangiz, albatta, pul yuborilganligi haqida hujjat talab qiling. Pulni internet banking (mobil ilova yoki web-sahifa) orqali o’tkazsangiz, har bir tranzaksiya bo’yicha PDF formatdagi ma’lumotnoma yuklab olish mumkin.

Attestat/Diplom + Nostrifikatsiya

Bu hujjatni Slovakiyada har bir viloyatda joylashgan davlat xizmatlari (sk: okresny urad, odbor školstva) markazidan olish mumkin. Masalan, Bratislavada u Tomášikova 46 ko’chasida joylashgan (link). Markaz talab qiladigan hujjatlar: pasport kopiya, ariza, apostili bor, slovak tiliga tarjima qilingan attestat, fanlar, imtixonlar, baholar ro’yxati, 30EUR to’lov. 30 kun yoki maksimum 60 kun ichida nostrifikatsiya hujjati sizga topshiriladi.

Oliy ta’lim diplomini nostrifikatsiyadan o’tkazish universitetning o’zi yoki Slovakiya Ta’lim vazirligining nostrifikatsiya bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

Nostirifikatsiya haqida batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin.

Tibbiy ma’lumotnoma

Tibbiy ma’lumotnomani hamma fakultetlar ham talab qilavermaydi. Uning yagona shakli (blankasi) yo’q. Ma’lumotnomada sizning familiya-ismingiz, yashash manzilingiz bo’lishi kerak va shifokor siz topshirayotgan soha bo’yicha salomatligingiz yetarlimi yoki yo’qmi degan savolga javob berishi kerak, xolos. Tibbiy ma’lumotnomani albatta slovak tiliga tarjima qilish kerak. Ariza topshirish vaqtida Slovakiyada bo’lsangiz, tibbiy ma’lumotnomani shu yerdan osongina olsangiz bo’ladi.

Imtihon

Slovakiya universitetlarida qabul uchun imtihon, faqat ta’lim yo’nalishiga topshirgan abiturentlar belgilangan kvotadan oshib ketsagina, bo’ladi. Aks holda, abiturentlar avtomatik o’qishga qabul qilinadi. Imtihon bo’lgan taqdirda ham, xavotir olishga hojat yo’q. Chunki imtihon o’z yo’nalishingizga oid fan yoki fanlardan bo’ladi. Masalan, biologiya yo’nalishiga topshirgan bo’lsangiz, imtihonni faqat biologiya fanidan bajarasiz. O’z yo’nalishingiz bo’yicha maktabda yaxshi o’qigan bo’lsangiz, imtihondan albatta o’tasiz. Slovakiyada imtihondan o’tish uchun O’zbekistondagi kabi yillab repetitorga borish shart emas. Imtihon, odatda, iyun oyida o’tkaziladi. Imtihonning aniq sanasi haqida fakultet sizni mail orqali xabardor qiladi. Diqqat: agar sizga imtihon sanasi jiddiy sababga ko’ra to’g’ri kelmasa, fakultet sizga muqobil imtihon sanasini belgilashi mumkin. Buning uchun dekan nomiga sababni ko’rsatgan holda, ariza yozing.

Viza

Viza haqida batafsil shu yerda tanishib chiqing.

Slovak tili

Slovakiyada bepul ta’lim olish uchun slovak tilini minimum B2 darajasida bilish zarur. Istalgan tilni, shu jumladan slovak tilini ham o’rganish uchun, agar intensiv tayyorlansangiz (kuniga eng kamida 3 soat, xaftasiga 5 kun), buning uchun sizga 6-9 oy vaqt bemalol kifoya qiladi. Hozirda xorijiy tilni Zoom, Skype orqali mahalliy o’qituvchilar bilan ham o’rganish imkoniyati bor. Yoki imkon topib, tilni shu mamlakatning o’zida intensiv kurslar orqali o’rganish kerak. Tabiiyki, slovak tilida so’zlashuvchi mahalliy insonlar orasidan tilni tez o’rganasiz. Bundan tashqari, tilni bilish haqida til kursidan sertifikatingiz bo’lsa, katta plus.

Turar joy

Universitet yotoqxona narxlari sharoiti, xonada necha kishiligiga qarab, o’rtacha 50 yevrodan 150 yevrogacha. Slovakiyada universitetga tegishli bo’lmagan, istalgan odam xona ijaraga olishi mumkin bo’lgan yotoqxonalar ham bor. Ularning narxi oyiga 150-200 yevro atrofida. Kvartira xonalarini bo’lishib, ijaraga olish ham talabalar orasida keng tarqalgan. Quyida mana shunday e’lonlarni qidirish bo’yicha mashhur Slovakiya web-sahifalarini ko’rasiz:

NimaQayerda
Kvartira, xonabazos.sk
Kvartira, xonavolnaizba.sk
Kvartira, xonaspolubyvanie.sk
Kvartira, xonaroommates.sk
Yotoqxona, hostelmegaubytovanie.sk
Yotoqxona, hostelubytujsa.sk
Yotoqxona, hostel1-2-3-ubytovanie.sk

Viza uchun, yashash uchun ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

Uy, apartman, xonaairbnb.com
Uy, apartman, hostel, hotelbooking.com

Ish va ish haqi

Slovakiyada talabalarning xaftasiga 20 soat ishlashiga ruxsat beriladi. Talabalar uchun soatbay (sk: brigada) ish topib beradigan agentliklar bu yerda juda ko’p. Yoki ko’plab firmalarda talabalarga mos xaftasiga 20 soatlik “part-time” ishlar ham bor. Slovakiyada eng kam rasmiy maosh (to’liq stavka uchun) 2021-yil holatiga €650. Talabalar ish turi va joyiga qarab, soatiga o’rtacha €3-5 ishlab topadi. Quyidagi jadvalda Slovakiyada mashhur ish topib beruvchi agentliklar va e’lon beruvchi web-sahifalar keltirilgan:

NimaQayerda
Ish e’lonlariProfesia.sk
Ish e’lonlaribrigada.sk
Ish e’lonlaripracovne-ponuky.eu
Ish e’lonlari8h.sk
Agentlikstudentservis.sk
Agentlikproplusco.sk
Agentlikpjservis.sk
Agentlikstudentagency.sk
Agentlikindexnoslus.sk

Talabalik benefitlari

Talabalar shahar transportidan 50% chegirma bilan foydalanadi. Slovakiya ichki poyezdlari ular uchun mutlaqo bepul. Muzeylarga, turli xil ko’ngil ochar markazlarga bepul yoki chegirma bilan kirish va yana ko’plab shu kabi benefitlar shular jumlasidan.

Sug’urta

Slovakiyada har bir kishi tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan xorijiy talabalar tibbiy sug’urtani o’zlari to’laydi. 1 yillik tibbiy sug’urta sizga o’rtacha €300-500 ga tushadi. Quyidagi jadvalda xorijliklar uchun tibbiy sug’urta taklif qilayotgan sug’urta kompaniyalarining ba’zilari keltirib o’tilgan:

Unionunion.sk
Maximapojistovnamaxima.sk
AXAaxa-assistance.sk
AKMVakmv.sk

TANLANG

O’ZBEKISTONSLOVAKIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashKafolatlangan BEPUL oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bisyor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik €200O’rtacha oylik €1000
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska

Slovakiya universitetlari haqida foydali ma’lumotlarni portalvs.sk web-sahifasidan ham bilib olishingiz mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing