What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Slovakiyada xorijlik talabalar ham bepul ta’lim olish huquqiga ega. Buning uchun sizdan, faqat, slovak tilini bilish (B1/B2) talab qilinadi, xolos. Agar intensiv o’qisangiz, B1 yoki B2 darajani 1 yilga qolmay egallash mumkin. Slovak tilidan xorijliklar uchun darsliklarni, lug’at va turli xil mobil ilovalarni internetdan oson va bepul topish mumkin.

Moliyaviy sharoit ko’tarsa, tilni, albatta, Slovakiyada o’rganing. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasida tilni tezroq o’rganasiz.

Yodda tuting! Atigi 1 yil vaqt va mablag’ingizni investitsiya qilib, siz O’zbekistondagi eng kamida 4 yil kontrakt to’lash va sifatsiz ta’limdan o’zingizni (va oilangizni) qutqarasiz. Slovakiyada, nafaqat, imtihonlar oson, balki imtihonsiz qabul qiluvchi yuzlab yo’nalishlar bor. Yevropa Ittifoqi a’zosi bo’lgan Slovakiyada ta’lim olishning boshqa o’nlab afzalliklarini sanab o’tirishning hojati yo’q.

Quyida xorijlik abiturentlarni slovak tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorKomensky Universiteti
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmihaftasifa 30-32 soat
Predmetslovak tili va yo’nalish fanlar
Kurs narxi$4700
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

2

OrganizatorMarkaziy Yevropa Universiteti
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmi300 soat yoki haftasiga 20 soat
Predmetslovak tili
Kurs narxi$3650
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

3

OrganizatoriCan School
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmihaftasiga 25 soat
Predmetslovak tili
Kurs narxi$4750
Turar joyturar joyni mustaqil toping

4

OrganizatorPalisady Til Maktabi
O’quv yiliqishki semestr + yozgi semestr
Darslar hajmihaftasiga 25 soat
Predmetslovak tili
Kurs narxi1 semestr uchun $700
Turar joyturar joyni mustaqil toping

O’qituvchi

Slovak tilini o’rganish uchun Slovakiyaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Slovak tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (slovak) o’qituvchilarni doučuji.eu yoki xalqaro repetitorlik preply.com portalidan topish mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing