What
  • Davlat
  • Universitet
Where

Oliy ta’lim xorijiy ta’labalar uchun bepul bo’lmasa-da, cho’ntakbop. Yillik to’lov o’rtacha €300-€1200 atrofida. Buning ustiga, ko’plab universitetlar aynan xorijiy talabalar uchun turli xil scholarshiplar taklif qiladi. Jamoat universitetlarida o’qish uchun portugal tilini bilishingiz zarur. Lekin xususiy universitetlarda ingliz tilida o’qitiladigan yo’nalishlar ham talaygina. Portugaliyada oliy ta’lim dargohlari 2 ga bo’linadi: unviersitetlar va politexnikalar (amaliyotga urg’u beradigan universitetlar). Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari.

O’rtacha maosh: € 1200

Eng kam maosh: € 600

Portugaliyada 130 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari faoliyat yuritadi, shularning 34 tasi jamoat universitetlari hisoblanadi. Universitetlar, yo’nalishlar va yashash borasida xorijiy talabalar uchun foydali ma’lumotlar bilan study-research.pt va dges.gov.pt portalida tanishib chiqishingiz mumkin.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti
  • Rezume
  • Motivation Letter

Ariza

Arizani har bir universitet web-sahifasi orqali online topshirasiz.

Attestat/Diplom

Apostil va portugal tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling. Agar hujjatni portugal tiliga tarjima qilishga imkoningiz bo’lmasa, universitet o’quv bo’limiga yozing va hujjatni ingliz tilida ham topshirishingiz mumkinligini so’rab ko’ring. Odatda, hujjatni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi. Agar universitet qabul shartlarida, nostrifikatsiya talab qilingan bo’lsa, universitet o’quv bo’limidan nostrifikatsiyani qanday qilishni so’rang. Yoki ushbu portalda attestat va diplomni nostrifikatsiya qilish uchun nimalar kerakligi batafsil yozilgan.

Til bilish

Agar siz tanlagan yo’nalish portugal tilida o’qitilsa, siz tilni eng kamida B2 darajada bilishingiz zarur. Ingliz tilidan esa IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikat sizga kifoya qiladi.

Imtihon

Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Fakultet qabul shartlariga qarang.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Ko’plab universitetlarning o’z talabalar yotoqxonasi bor. Buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Keyingi variantlar – kvartiradan xona ijaraga olish yoki hostel. Bir oylik turar joy xarajati €150 – €200 yotoqxona uchun yoki €100 – €500 kvartira uchun. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:

🏠 casita.com
🏠 uniplaces.com
🏠 houzestudent.com
🏠 student-room-flat.com
🏠 student.com
🏠 issuu.com
🏠 studentmundial.com
🏠 erasmusu.com

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soat, ta’til oylari 40 soatgacha ishlashga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga taxminan €4. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallar keltirib o’tilgan:

🧰 Indeed
🧰 Adecco
🧰 Net-Empregos
🧰 BonsEmpregos
🧰 Expressoemprego
🧰 Alertaemprego
🧰 JobsinLisbon
🧰 EmpregosOnline

Sug’urta

Har bir xorijiy talaba tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani o’z mamlakatidan olib kelishi yoki Portugaliyada xususiy sug’urta kompaniyalaridan sotib olishi mumkin. Masalan, Swisscare, AllianzCigna kabi kompaniyalardan sug’urtani online sotib olsangiz ham bo’ladi.

TANLANG 

O’ZBEKISTONPORTUGALIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashArzon va sifatli oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $1500
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long