What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Polshada Yevrop Ittifoqidan bo’lmagan xorijlik talabalar uchun oliy ta’lim mutlaqo bepul bo’lmasada, o’qishni polyak tilida tanlaganlar uchun yillik to’lov (ingliz tilida tanlaganlarga qaraganda) unchalik yuqori emas (o’rtacha $500-$1000). Bundan tashqari, polyak tilida taklif qilinayotgan o’quv dasturlari ingliz tilidagi kabi cheklangan emas. Agar intensiv tayyorlansangiz, polyak tilini (B1/B2 darajada) 1 yilga qolmay o’rganib olish mumkin. Polyak tilidan xorijliklar uchun darsliklarni, lug’at va turli xil mobil ilovalarni internetdan oson va bepul topish mumkin.

Moliyaviy sharoit ko’tarsa, tilni, albatta, Polshada o’rganing. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasida tilni tezroq o’rganasiz.

Yodda tuting! Atigi 1 yil vaqt va mablag’ingizni investitsiya qilib, siz O’zbekistondagi sifatsiz ta’lim va ishsizlikdan o’zingizni (va oilangizni) qutqarasiz. Polshada, nafaqat, qabul imtihonlari oson, balki imtihonsiz qabul qiluvchi yuzlab yo’nalishlar bor. Yevropa Ittifoqi a’zosi bo’lgan Polshada ta’lim olishning boshqa o’nlab afzalliklarini sanab o’tirishning hojati yo’q.

Quyida xorijlik abiturentlarni polyak tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorGLOSSA til markazi
O’quv yilisentabr – avgust
Darslar hajmi48 hafta
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$4700
Turar joytil markazi variantlari yoki turar joyni mustaqil toping

2

OrganizatorRzeszow Universiteti
O’quv yilioktabr – iyun
Darslar hajmi600 soat
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$1800
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

3

OrganizatorWroclawski Universiteti
O’quv yilioktabr – iyun
Darslar hajmi720 soat
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$3400
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

4

OrganizatorUMCS Universiteti
O’quv yilioktabr – iyun
Darslar hajmi810 soat
Predmetpolyak tili
Kurs narxi$2700
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

O’qituvchi

Polyak tilini o’rganish uchun Polshaga kelolmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Polyak tili o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Bunday (polyak) o’qituvchilarni xalqaro platformalar, masalan, preply.com portalidan topish mumkin. O’zingizga ma’qul o’qituvchini tanlang, dars jadvalini va vaqtini kelishing.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing