What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Nemis tili sizga, nafaqat, Germaniya, balki Avstriya, Belgiya, Shvetsariya kabi mamlakatlardagi oliy ta’lim dargohlari eshiklarini ochadi. Germaniyada nemis tili bilan oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun ham bepul bo’lsa, Avstriya, Belgiya, Shvetsariyada unchalik yuroqi bo’lmagan yillik to’lov to’laysiz, xolos (o’rtacha $1000). Bu mamlakatlarda, hatto, talaba ham bo’sh vaqtida ishlab, ham o’qish, ham yashash uchun bemalol pul jamg’ara oladi. Agar intensiv tayyorlansangiz, nemis tilidan B2 yoki C1 darajani o’rtacha 1 yilda egallash mumkin. Nemis tilidan xorijliklar uchun darsliklarni, lug’at va turli xil mobil ilovalarni internetdan oson va bepul topish muammo emas.

Moliyaviy sharoit ko’tarsa, tilni, albatta, Yevropada (masalan, Germaniya, Avstriyada) o’rganing. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasida tilni tezroq o’rganasiz.

Yodda tuting! Atigi 1 yil vaqt va mablag’ingizni investitsiya qilib, siz O’zbekistondagi eng kamida 4 yil kontrakt to’lash, sifatsiz ta’lim va ishsizlikdan o’zingizni (va oilangizni) qutqarasiz. Yuqorida tilga olingan mamlakatlarda, nafaqat, imtihonlar oson, balki imtihonsiz qabul qiluvchi yuzlab yo’nalishlar bor.

Germaniya va Avstriyada ko’pgina universitetlar xorijiy talabalar uchun ixtiyoriy yoki majburiy tayyorlov kurslari tashkil qilishgan (6 oy yoki 1 yil).

Majburiy tayyorlov kursi (Foundation Program yoki nemischa Studienkolleg) O’zbekiston kabi Yevropa Ittifoqi bo’lmagan davlatlardan kelayotgan abiturentlari uchun mo’ljallangan. Ularning o’rta maktab attestati, odatda, Germaniya yoki Avstriyadagi universitetlarga to’g’ridan-to’g’ri qabul huquqini bermaydi. Chunki ushbu mamlakatlarda o’rta ta’lim 12 yil, O’zbekistonda 11 yil. Shuning uchun O’zbekistonlik abiturent (faqat bakalavr uchun) universitet qabuliga (university qualification) tayyor bo’lishi uchun universitetlar ulardan 1 yillik o’qishga tayyorlov kurslarida o’qishni talab qiladi (bunday kurslar odatda bepul). Bundan tashqari, universitetlar tayyorlov kursi xorijiy talabalardan nemis tilini, eng kamida, A2 darajada bilishni talab qilishi mumkin (ko’p hollarda).

Shuning uchun, A1 va A2 darajani, yaxshisi, O’zbekistonda (uyda yoki til kurslarida) o’rganib olishni tavsiya qilamiz. Intensiv tayyorlansangiz, buning uchun sizga o’rtacha 6 oy vaqt ketadi, xolos.

Quyida xorijlik abiturentlarni nemis tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

DavlatAvstriya
OrganizatorOeAD University Preparation Programme
O’quv yiliqishki semestr / yozgi semestr
Darslar hajmi320 ta dars / 1 semestr
Predmetnemis tili va yo’nalish fanlar
Kurs narxi$1500 / 1 semestr
Turar joyOeAD yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotOeAD kursida o’qish uchun Avstriyaning biror universitetiga shartli ravishda qabul qilingan bo’lishingiz kerak. OeAD ning vazifasi sizni universitetning qo’shimcha (yoki siz o’tolmagan) imtihonlariga tayyorlash.

2

DavlatAvstriya
OrganizatorVena Universiteti
O’quv yiliqishki semestr / yozgi semestr
Darslar hajmi180 ta dars / 1 semestr
Predmetnemis tili
Kurs narxi$1250 / 1 semestr
Turar joyturar joyni mustaqil toping

3

DavlatAvstriya
OrganizatorActiLingua Til Akademiyasi
O’quv yiliKursni istalgan oy boshlash mumkin
Darslar hajmi12 hafta yoki haftasiga 20 soat
Predmetnemis tili
Kurs narxi$2250 / 12 hafta
Turar joyakademiya bergan variantlar yoki turar joyni mustaqil toping

4

DavlatAvstriya
OrganizatorSALLS akademiyasi
O’quv yiliKursni istalgan oy boshlash mumkin
Darslar hajmi18 hafta yoki 30 hafta
Predmetnemis tili
Kurs narxi$4800 / $8000
Turar joyturar joyni mustaqil toping

5

DavlatGermaniya
OrganizatorPassau Universiteti
O’quv yili1 yil
Darslar hajmihaftasiga 24 soat
Predmetnemis tili
Kurs narxi$4200
Turar joyuniversitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping

6

DavlatGermaniya
OrganizatorDAAD
O’quv yili1 oy – 1 yil
Darslar hajmiO’zgaruvchan
Predmetnemis tili
Kurs narxibepul – $4200
Turar joy universitet yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotDAAD web-sahifasida 150 ga yaqin til kurslari haqida ma’lumot keltirilgan

7

DavlatGermaniya, O’zbekiston
OrganizatorGyote til maktabi
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetnemis tili
Kurs narxiintensivlikka qarab o’zgaradi
Turar joyGermaniyada turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotUning Toshkentda ham o’z filiali bor. U bergan sertifikatlar Yevropaning barcha universitetlari tomonidan tan olinadi.

O’qituvchi

Nemis tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing