What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Ispaniyada xorijiy talabalar uchun oliy ta’lim mutlaqo bepul bo’lmasada, yillik to’lov unchalik yuqori emas ($800-2000). Part-time ishlab, talaba o’z o’qish va yashash xarajatlarini mustaqil qoplash imkoni bor. Agar intensiv tayyorlansangiz, ispan tilidan B1 yoki B2 darajani o’rtacha 1 yilda egallash mumkin. Ispan tilidan xorijliklar uchun darsliklarni, lug’at va turli xil mobil ilovalarni internetdan oson va bepul topish muammo emas.

Moliyaviy sharoit ko’tarsa, tilni, albatta, Ispaniyada o’rganing. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasida tilni tezroq o’rganasiz. Ispaniyada yashash xarajatlari g’arbiy Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda bir necha barobar arzonroq.

Yodda tuting! Atigi 1 yil vaqt va mablag’ingizni investitsiya qilib, siz O’zbekistondagi eng kamida 4 yil kontrakt to’lash, sifatsiz ta’lim va ishsizlikdan o’zingizni (va oilangizni) qutqarasiz. Ispaniyada, nafaqat, imtihonlar oson, balki imtihonsiz qabul qiluvchi yuzlab yo’nalishlar bor.

Quyida xorijlik abiturentlarni ispan tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorCarvantes
O’quv yilihar oy boshlanadi
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetispan tili
Kurs narxi$4650
Turar joytil maktabi turar joyi yoki turar joyni mustaqil topish

2

OrganizatorOle School
O’quv yiliEng kamida 27 hafta
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetispan tili
Kurs narxi$3250 dan
Turar joytil maktabi variantlari yoki turar joyni mustaqil topish

3

OrganizatorSpeak Easy
O’quv yiliiyun / sentabr / dekabr
Darslar hajmi36 hafta
Predmetispan tili va oliy ta’limga tayyorlov
Kurs narxi$6000
Turar joytil maktabi variantlari yoki turar joyni mustaqil topish

4

OrganizatorUniSpain
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetispan tili
Kurs narxituri va intensivligiga qarab
Qo’shimcha ma’lumotIspaniyadagi til maktablari databazasi

O’qituvchi

Ispan tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing