What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Xorijiy talabalar uchun oliy ta’lim bepul emas, lekin yillik to’lov o’rtacha €1500, xolos. Hukumat va universitetlar xorijiy talabalar uchun ajratadigan scholarshiplari bilan siz o’qish to’lovini to’liq yoki qisman qoplashingiz ham mumkin. Jamoat universitetlarida o’qish uchun grek tilini bilish zarur. Lekin xususiy universitetlarda ingliz tilida taklif qilinadigan dasturlar ham talaygina. Bakalavr, odatda, 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: € 2500

Eng kam maosh: € 650

Gretsiyada 40 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari faoliyat olib boradi, ularning 20 tasi jamoat universitetlari. Ta’lim vazirligi xorijiy talabalar uchun o’qish va yashash bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan studyingreece.edu.gr portalini ishga tushirgan.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Arizani har bir universitet o’z web-sahifasida online shaklda topshirasiz.

Attestat/Diplom

Apostil va grek tiliga tarjima qilingan hujjatni arizaga ilova qiling.

Til bilish

Grek tilidan sertifikatni qanday va qayerlardan olish mumkinligini ushbu web-sahifadan batafsil bilib olasiz. Agar ingliz tilida o’quv dasturi tanlasangiz, IELTS, TOEFL kabi xalqari sertifikatni arizaga ilova qiling.

Imtihon

Siz o’qimoqchi bo’lgan fakultetga qarab, imtihon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Fakultet qabul shartlariga qarang.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Ko’plab universitetlarning o’z talabalar yotoqxonasi bor. Buni universitet web-sahifasi yoki o’quv bo’limi orqali (email) tekshirib oling. Keyingi variantlar – kvartiradan xona ijaraga olish yoki hostel. Bir xonani ijaraga olish xarajati o’rtacha €200 – €400 atrofida. Quyida sizga turar joy topishda yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta web-sahifalar ro’yxati keltirilgan:

🏠 housinganywhere.com
🏠 erasmusu.com
🏠 en.tospitimou.gr
🏠 Spitogatos
🏠 To Spiti Mou
🏠 Spiti 24

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soat, ta’til oylari 40 soatgacha ishlashga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga taxminan €4. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallar keltirib o’tilgan:

🧰 kariera.gr
🧰 kariera.gr
🧰 jobsite.gr
🧰 randstad.gr
🧰 neuvoo.gr
🧰 gr.jooble.org

Sug’urta

Gretsiya barcha rezidentlar uchun, shu jumladan, xorijiy talabalar uchun ham tibbiy sug’urtani bepul taqdim qiladi. Siz faqat Gretsiyaga kelib, talaba vizasini olguningizcha sayohat tibbiy sug’urtasini sotib olishingiz kerak. Bepul sug’urtaga universitetning o’zi sizni registratsiya qiladi, o’qishni boshlaganingizdan so’ng.

TANLANG 

O’ZBEKISTONGRETSIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashArzon va sifatli oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $3000
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing