What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Fransuz tili sizga, nafaqat, Fransiya, balki Belgiya, Shvetsariya kabi mamlakatlardagi oliy ta’lim dargohlari eshiklarini ochadi. Bu mamlakatlardagi yashash darajasi va o’rtacha maoshlar qanchalik yuqori ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Hatto, talaba ham bo’sh vaqtida ishlab, ham o’qish, ham yashash uchun bemalol pul jamg’ara oladi. Agar intensiv tayyorlansangiz, fransuz tilidan B1 yoki B2 darajani o’rtacha 1 yilda egallash mumkin. Fransuz tilidan xorijliklar uchun darsliklarni, lug’at va turli xil mobil ilovalarni internetdan oson va bepul topish muammo emas.

Moliyaviy sharoit ko’tarsa, tilni, albatta, Yevropada (masalan, Fransiya, Belgiyada) o’rganing. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasida tilni tezroq o’rganasiz.

Yodda tuting! Atigi 1 yil vaqt va mablag’ingizni investitsiya qilib, siz O’zbekistondagi eng kamida 4 yil kontrakt to’lash, sifatsiz ta’lim va ishsizlikdan o’zingizni (va oilangizni) qutqarasiz. Yuqorida tilga olingan mamlakatlarda, nafaqat, imtihonlar oson, balki imtihonsiz qabul qiluvchi yuzlab yo’nalishlar bor.

Quyida xorijlik abiturentlarni fransuz tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

DavlatFransiya
OrganizatorCentre International d’Antibes
O’quv yilisentabr – iyun
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetfransuz tili
Kurs narxi$14000
Turar joynarx ichida

2

DavlatFransiya
OrganizatorILA-France
O’quv yiliEng kamida 20 hafta
Darslar hajmi20 ta dars / hafta
Predmetfransuz tili
Kurs narxi$270 / hafta
Turar joy$158 / hafta

3

DavlatFrance
OrganizatorCampusFrance
O’quv yiliKursni istalgan oy boshlash mumkin
Darslar hajmitalabga ko’ra
Predmetfransuz tili
Kurs narxiintensivlikka qarab
Turar joy joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotFransiyadagi til maktablari databazasi

4

DavlatO’zbekiston
OrganizatorToshkent Fransuz Aliyansi 
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetnemis tili
Kurs narxi42000 so’m / soat

O’qituvchi

Fransuz tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing