What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Oliy ta’lim xorijiy talabalar uchun ham bepul, qachonki o’qishni fin yoki shvet tilida tanlasangiz. Ingliz tilida o’qitiladigan dasturlar yillik kontrakti taxminan $1500 dan boshlanadi. Bakalavr 3 yil, magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba rasmiy dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: € 4700

Eng kam maosh: € 1200

Finlandiyada 40 ga yaqin universitetlar faoliyat yuritadi, shulardan 35 tasi jamoat universitetlari hisoblanadi.

studyinfinland.fi portali xorijiy talabalarga Finlandiya oliy ta’limi haqida batafsil ma’lumot beradi.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Attestat/Diplom
  • Til bilish isboti

Ariza

Fin universitetlariga ariza Studyinfo.fi portali orqali topshiriladi. Ariza to’lovi yo’q. Arizani qachon topshirishni bilish uchun har bir universitetning talablariga qarang. Bitta arizada 6 tagacha o’quv dasturini (turli xil universitetlardan bo’lsa ham) tanlashingiz yoki har bir universitetga alohida ariza topshirishingiz mumkin.

Attestat/Diplom

Arizaga apostil va ingliz tiliga tarjima qilingan hujjatni ilova qiling. Hujjatni fin tiliga tarjima qilish, odatda, talab qilinmaydi.

Til bilish

Fin tilidagi o’quv dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan xorijiy talabalar uchun 1 yillik mahsus o’qishga tayyorlov kurslari bor. Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lganlar, IELTS, TOEFL kabi xalaqaro sertifikatlardan birini arizga ilova qilishlari zarur.

Imtihon

Kirish imtihoni borligi yoki yo’qligi haqida har bir universitet web-sahifasidan bilib olasiz.

Viza

Schengen zonaga a’zo davlatlar uchun vizani qanday tayyorlash haqida alohida ma’qolamiz bor.

Turar joy

Sizda 2 ta tanlov bor: talabalar turar joyi birlashmalari orqali yoki xususiy sektordan (kvartira, hostel va hokazo). Talabalarga yotoqxona ajratish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar ro’yxatini sao.fi sahifasidan topasiz. Yoki siz qabul qilingan universitet o’quv bo’limidan yotoqxona masalasida yordam berishlarini so’rab ko’ring.

🏠 asuntosaatio.fi
🏠 asunnot.oikotie.fi
🏠 etuovi.com
🏠 kiinteistomaailma.fi
🏠 vuokraovi.com

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Talabalarning haftasiga 25 soat ishlashlariga ruxsat berilgan. Soatbay eng kam maosh 2020-yil holatiga Finlandiyada taxminan €9. Quyida ish e’lonlari joylashtiriladigan asosiy portallarni keltirib o’tilgan:

🧰 Monster.fi
🧰 Oikotie.fi
🧰 Duunitori.fi
🧰 Jobs in Helsinki
🧰 Careerjet
🧰 Work in Finland

Sug’urta

Har bir xorijiy talabaning tibbiy sug’urtasi bo’lishi shart. Xorijiy talabalar sug’urtani faqat xususiy su’gurta kompaniyalaridan sotib olishlari mumkin. Masalan, Marsh Health Insurance Package (yillik €431)yoki The Student Insurance Program (SIP) brochure (yillik €260).

TANLANG 

O’ZBEKISTONFINLANDIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashBEPUL yoki arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $5600
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing