What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Yo’nalishlar

Bakalavriat bo’yicha yo’nalishlar ro’yxati – shu yerda

Magistratura bo’yicha yo’nalishlar ro’yxati – shu yerda

Barcha yo’nalishlarda o’qish bepul.

Qabul shartlari

  • Elektron ariza (link). Bitta arizada 2 tagacha yo’nalish tanlash mumkin. Ariza to’ldirilgandan so’ng, chop etib, imzo qo’yib, email orqali (so@fphil.uniba.sk) fakultet o’quv bo’limiga yuborish kerak. (Pochta orqali emas)
  • Attestat + Nostrifikatsiya
  • Slovak tili (B2) yoki ingliz tili (IELTS, TOEFL)
  • Rezume
  • Tibbiy ma’lumotnoma

Ariza topshirish muddati

  • Bakavriat: 31.11 – 28.02
  • Magistratura: 31.11 – 30.04

Aktual muddatni doim fakultet web-sahifasidan tekshirib oling. Chunki har yili o’zgarishi mumkin.

Imtihon (bakalavr)

  • Abiturentlar o’qishga imtihon asosida qabul qilinadi. Imtihonni fakultet emas, mustaqil tashkilot scio.sk o’tkazadi. Uning sahifasidan o’zingizga ma’qul muddatni tanlang va imtihondan o’ting. Imtihondan bir necha martta o’tsangiz ham bo’ladi. Fakultet doim siz erishgan eng yuqori balni hisobga oladi.
  • Scio testi haqida batafsil – shu yerda.
  • Agar biror yo’nalishga kvotadan kam yoki teng nomzodlar ariza topshirsa, abiturentlar imtihonsiz qabul qilinadi. Ushbu sahifada ko’rsatilgan yo’nalishlarga katta ehtimol bilan abiturentlar imtihonsiz qabul qilinadi.
  • San’at tarixi, marketing aloqalari va jurnalistika yo’nalishlaridan testni fakultetning o’zi o’tkazadi.

Imtihon (magistr)

  • Agar biror yo’nalishga kvotadan kam yoki teng nomzodlar ariza topshirsa, abiturentlar imtihonsiz qabul qilinadi.
  • Batafsil shu yerda (link)

Imtihon sanasi

  • Bakalavriat: iyun oyi. Mail orqali aniq sana e’lon qilinadi. Sizga belgilangan imtihon sanasi ma’qul kelmasa, dekan nomiga ariza yozib, muqobil sana so’rashingiz mumkin.
  • Magistratura: iyun oyi. Mail orqali aniq sana e’lon qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotlar

🌐 Qabul shartlari haqidagi aktual ma’lumotlarni fakultetning rasmiy web-sahifasida kuzatib boring.

✅ Agar biror savolingizga web-sahifadan javob topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limi bilan (masalan, email orqali) bog’laning.

Features

Q Yotoqxona bormi?

Fakultet talabalar uchun yotoqxona taklif qila oladi. Batafsil shu yerda: https://fphil.uniba.sk/sluzby/ubytovanie-studentov/

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing