What
  • Davlat
  • Fakultet-Yo'nalish
  • Scholarship
  • Tayyorlov kursi
  • Universitet
Where

Chexiyada millati va fuqaroligidan qat’iy nazar, jamoat universitetlarida bepul ta’lim kafolatlangan. Yagona talab – davlat tilini B2 darajasida bilish. Chexiyada bakalavr 3 yil va magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba dam olish kunlari hisoblanadi.

O’rtacha maosh: 36000 korun ($1600)

Eng kam maosh: 15000 korun ($680)

Chexiyada 200 ga yaqin oliy ta’lim dargohlari bor.

Qabul uchun talab qilinadigan asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Ariza to’lovi
  • Attestat/diplom nostrifikatsiyasi

Ariza

Chexiya universitetlariga arizalar asosan elektron qabuk qilinadi. Arizalar qabul qilish odatda, noyabrning oxiridan fevralning oxirigacha davom etadi. Abiturent istalgancha universitetga ariza topshirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta fakultet doirasida 3 tagacha yo’nalishni tanlash mumkin.

Ariza to’lovi

Ariza elektron to’ldirilganda, ariza uchun to’lovni ham o’sha portala to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirish imkoni bo’ladi yoki bank orqali to’lashingiz uchun, hisob raqam va boshqa kerakli ma’lumotlar sizga taqdim qilinadi. To’lov qilish borasida biror savolingiz bo’lsa fakultet o’quv bo’limiga ikkilanmasdan email yozib, so’rang.

Attestat/Diplom nostrifikatsiyasi

Nostrifikatsiya uchun arizani Chexiyaning istalgan shahridagi davlat xizmatlari markaziga (krajský úřad) topshirishingiz mumkin. Masalan, Pragada bu – Magistrát Hlavního města Prahy. To’lov – 1000 CZK ($45). Markaz talab qiladigan hujjatlar: ariza, apostili bor, chex tiliga tarjima qilingan attestat va ilova notarial kopiyasi, pasport kopiya yoki ID, Chexiyadagi turar joyingiz haqida ma’lumot. Nostrifikatsiya berish uchun muddat 30 kun. Lekin ba’zi hollarda 60 kungacha uzayishi mumkin. O’rta ta’lim diplomini nostrifikatsiya qilish procesi haqida shu yerda batafsil yozilgan. Oliy ta’lim diplomini nostrifikatsiyasi bilan universitetlarning o’zi shug’ullanadi. Batafsil shu yerda tanishib chiqing.

Nostrifikatsiya protsedurasi haqida alohida maqolamizni ham o’qib chiqing.

Imtihon

Chexiyada imtihon odatda test shaklida online yoki fakultetda o’tkaziladi. Savollar faqat o’z yo’nalishingizga doir fanlardan yoki mantiqiy savollardan tashkil topadi. Deyarli barcha universitetlar abiturentlar uchun tayyorlov kurslari tashkil qiladi yoki sahifasida avvalgi yili tushgan testlarni, foydali ma’lumotlarni e’lon qiladi. Imtihonning aniq sanasi haqida fakultet sizni mail orqali xabardor qiladi. Odatda, imtihon aprel, may va iyun oylarida bo’lib o’tadi.

Viza

Schengen viza haqida yozilgan mahsus maqolamizni o’qib chiqing.

Chex tili

Chexiyada bepul ta’lim olish uchun chex tilini minimum B2 darajasida bilish zarur. Istalgan tilni, shu jumladan chex tilini ham o’rganish uchun, agar intensiv tayyorlansangiz (kuniga eng kamida 3 soat, xaftasiga 5 kun), buning uchun sizga 6-9 oy vaqt bemalol kifoya qiladi. Hozirda xorijiy tilni Zoom, Skype orqali mahalliy o’qituvchilar bilan ham o’rganish imkoniyati bor. Yoki imkon topib, tilni shu mamlakatning o’zida intensiv kurslar orqali o’rganishni maslahat beramiz. Tabiiyki, mahalliy insonlar orasidan tilni tez o’rganasiz. Bundan tashqari, tilni B2 darajada bilish haqida sertifikatingiz bo’lsa, katta PLYUS.

Turar joy

Universitet yotoqxona narxlari sharoiti, xonada necha kishiligiga qarab, o’rtacha 150 yevro atrofida. Yashash uchun albatta boshqa alternativlar ham bor: kvartira, kvartira xonasi, hostel va hokazo. Quyida mana shunday e’lonlarni qidirish bo’yicha Chexiyadagi mashhur web-sahifalar keltirib o’tilgan:

NimaQayerda
Hostelnejlevnejsi-ubytovny.cz
Hosteluby.cz
Hostelkamsi.cz
Kvartira, xonaflatio.cz
Studentlar uchun turar joylarstudentreality.cz
Studentlar uchun turar joylarapartmanstudent.cz
Studentlar uchun turar joylarubytovaniprovsechny.cz
Hotel, hostelmegaubytko.cz
Kvartirasreality.cz
Kvartirabezrealitky.cz

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

Uy, apartman, xonaairbnb.com
Uy, apartman, hostel, hotelbooking.com

Ish va ish haqi

Chexiyada talabalarning xaftasiga 20 soat ishlashiga ruxsat beriladi. Talabalar uchun soatbay (cz: brigada) ish topib beradigan agentliklar bu yerda juda ko’p. Yoki ko’plab firmalarda talabalarga mos xaftasiga 20 soatlik “part-time” ishlar ham bor. Talabalar ish turi va joyiga qarab, soatiga o’rtacha 150 – 200kč ($4-6) ishlab topadi. Quyidagi jadvalda Chexiyada mashhur ish topib beruvchi agentliklar va e’lon beruvchi web-sahifalar keltirilgan:

NimaQayerda
Ish e’lonlariprace.cz
Ish e’lonlariprofesia.cz
Ish e’lonlarieasy-prace.cz
Ish e’lonlariprace.bazos.cz
Ish e’lonlarijobdnes.cz
Ish e’lonlarijobs.cz
Ish e’lonlaricz.indeed.com
Soatbay ishlarnabrigadu.cz
Agentlikstudent.cz
Soatbay ishlarfajn-brigady.cz
Soatbay ishlarbrigadaihned.cz

Sug’urta

Chexiyada har bir kishi tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan xorijiy talabalar tibbiy sug’urtani o’zlari to’laydi. 1 yillik tibbiy sug’urta sizga o’rtacha $500-600 ga tushadi. Ushbu online kalkulator orqali sug’urta xarajatini hisoblab ko’rishingiz mumkin. Sug’urta olish uchun sug’urta kompaniyasi ofisiga borish shart emas, uni online ham amalga oshirsa bo’ladi. Quyidagi jadvalda xorijliklar uchun tibbiy sug’urta taklif qilayotgan sug’urta kompaniyalarining ba’zilari keltirib o’tilgan:

Slaviaslavia-pojistovna.cz
Maximamaximastudent.com
Uniqauniqa.cz
VZPvzpforforeigners.cz
Ergoergo.cz
Swisscareswisscare.com

TANLANG

O’ZBEKISTONChexiya
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashKafolatlangan BEPUL oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bisyor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $1600
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska

Chexiyada o’qish va yashash bilan bog’liq foydali ma’lumotlarni studyin.cz portalida ham kuzatib borishingiz mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long

building Own or work here? Claim Now! Claim Now!

Claim This Listing