What
  • Davlat
  • Universitet
Where

Avstriyada oliy ta’lim uchun chet ellik talabalar yiliga o’rtacha 1500 yevro to’laydi, o’z fuqarolari va EU fuqarolari uchun bepul. Avstriya o’qish sifati bo’yicha dunyoda 19-o’rinda turadi. Avstriya Yevropaning eng iqtisodi rivojlangan, hayot sifati yuqori davlatlaridan biri. Avstriya universitetlariga qabul qilinishingiz uchun eng asosiy talab nemis tilini eng kamida B2 (ba’zan C1) darajasida bilish. Ba’zi universitetlar sizni pastroq daraja (masalan, A2) bilan ham qabul qilishi mumkin, agar o’qish boshlanishidan oldin, ularning o’quv-oldi tayyorlov kurslarida qatnashishga rozi bo’lsangiz. Avstriyada bakalavr 3 yil va magistratura 2 yil. Shanba va yakshanba dam olish kunlari hisoblanadi. Avstriya universitetlari shakli bo’yicha 4ga bo’linadi: jamoat universitetlari, Amaliy Fanlar universitetlari (Fachhochschulen – FH), xususiy universitetlari va pedagoglarni tayyorlash universitet-kollejlari (Pädagogischen Hochschulen – PH). Xususiy universitetlardan tashqari qolgan barcha universitetlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Amaliy Fanlar universitetlarining (A.F) oddiy jamoat universitetlaridan farqi – o’qish davomida amaliyotga katta urg’u berilishi va nomzodlarning albatta kirish imtihonidan o’tishi talab etilishi. Pedagoglarni tayyorlash universitet-kollejlari (P.T.U) boshlang’ich, o’rta va o’rta-mahsus maktablarga, alohida e’tibor talab qilinuvchi bolalar bilan ishlovchi maktablarga va boshqa barcha turdagi ta’lim dargohlariga o’qituvchilar tayyorlash bilan shu’gullanadi. Avstiriyada hozirgi kunda 100 mingga yaqin xorijiy talabalar tahsil oladi.

O’rtacha maosh:  €4000

Eng kam maosh:  €1500

Avstriyada 70 dan oshiq oliy ta’lim dargohlari bor.

Qabul uchun asosiy hujjatlar

  • Ariza
  • Attestat/diplom
  • Mahalliy universitetdan tasdiqnoma
  • Nemis tilini bilish darajasi haqida isbot/sertifikat

Ariza

Deyarli barcha universitetlar arizani elektron topshirish imkoniyatini taqdim etadi. Avstriyada arizani yilda 2 martta: yozgi semestr va qishki semestr uchun topshirishingiz mumkin. Bu degani o’qishni istasangiz yozgi, istasangiz qishki semestrdan boshlashingiz mumkin.

  • Qishki semestr: 1-oktabrdan 30-yanvargacha
  • Yozgi semestr: 1-martdan 30-sentabrgacha

Qishki semestr uchun arizalar, odatda, 15-sentabrgacha, yozgi semestr uchun 15-fevralgacha qabul qilinadi. Lekin har bir universitetning arizalarni qabul qilish muddati har xil bo’lishi mumkin. Arizaga pasport kopiyangizni ilova qilishni unutmang. Elektron arizaning so’nggi qadamida, ariza to’lovini amalga oshirasiz. U yerda to’lovni qanday amalga oshirish kerakligi batafsil keltiriladi. Odatda, ariza uchun to’lov o’rtacha 50 yevro atrofida bo’ladi.

Attestat/Diplom + Nostrifikatsiya

Bakalavr. O’rta ta’lim attestatini Avstriyada nostrifikatsiyadan o’tkazish talab etilmaydi. Hujjatni to’g’ridan-to’g’ri universitetning o’zi tekshiradi. Attestatni topshirishda, albatta u apostillangan va Avstriyada ro’yxatdan o’tgan rasmiy tarjimon orqali tarjima qilingan bo’lishi shart.

Magistr. Universitet diplomini nostrifikatsiya qilish talab etiladi. Chet el diplomlarini nostrifikatsiya qilish Akademik Tan Olish (Recognition) milliy axborot markazi (The National Information Center for Academic Recognition – ENIC NARIC AUSTRIA) vazifasiga kiradi. Arizani online topshirish imkoniyati bor. Biror savolingiz bo’lsa naric@bmbwf.gv.at maili orqali so’rashingiz mumkin. Nostrifikatsiya to’lovi – €150. Diplom nostrifikatsiyasini universitetning o’zi ham amalga oshirishi mumkin. Bunda ular bergan nostrifikatsiya hujjati faqat shu universitet fakultetlari tomonidan qabul qilinadi, xolos. Agar diplomingizni universitet orqali nostrifikatsiya qildirmoqchi bo’lsangiz, o’quv bo’limga qanday hujjatlar yuborishingiz kerakligini so’rab, mail yozing. Odatda, buning uchun ariza, pasport kopiya, apostillangan diplom va ilova tarjimasi kerak bo’ladi.

Mahalliy universitetdan tasdiqnoma

Nemis tilida bu Nachweis der besonderen Universitätsreife deb ham ataladi. Ya’ni sizning o’rta ta’limingiz Avstriya universitetida topshirayotgan yo’nalishingizga to’g’ri keladimi yoki yo’qmi, O’zbekistondagi biror shunday yo’nalishi bor universitet tasdiqlab berishi kerak. Har bir Avstriya universiteti o’quv bo’limi sizga ushbu hujjat blankasini mailingizga yuborishi mumkin yoki uning web-sahifasidan yuklab olasiz. Masalan, Vena universiteti blankasini quyida yuklab olishingiz mumkin:

Ushbu blankani O’zbekistondagi universitet to’ldirib, pechat urib berish kerak bo’ladi. Lekin istalgan universitetga bormang. Avstriya uchun eng ishonchli O’zbekiston universitetlarini ushbu link orqali topasiz. U yerda Institutlar > Qidiruv bo’limiga o’ting va O’zbekistondagi universitetlarni saralang. Agar universitet H+ bahoga ega bo’lsa, demak u ishonchli va u tasdiqlagan hujjat Avstriyada muammosiz qabul qilinadi. Masalan, Avstriyada veterinariya yo’nalishiga ariza topshirayotgan bo’lsangiz, ro’yxatda O’zbekistondagi shunday yo’nalishi bor universitet tanlang. Fakultet nomi, yoki yo’nalish nomi 1 ga 1 mos tushishi shart emas, asosiysi, mavzu jihatdan bir-biriga yaqin bo’lsa bo’ldi. Tasdiqnoma berishi uchun, siz O’zbekistondagi universitetga o’qishga kirgan bo’lishingiz shart emas. Universitet o’quv bo’limidan shunchaki, iltimos qiling.

Nemis tili

Tilni bilish kifoya qilmaydi. Universitet sizdan albatta til bilish darajangiz haqida biror sertifikat talab qiladi. Masalan, Goethe sertifikati shular qatoridan. Goethening Toshkentda ham o’quv markazi bor. Odatda universitetlar sizdan eng kamida B2 yoki C1 sertifikatini talab qiladi. Lekin siz bundan past daraja bilan (masalan, A2) ham qabul uchun ariza topshirishingiz mumkin. Bunday holda, universitet sizga o’zi tashkil qiladigan imtihon oldi tayyorlov kursida qatnashish shartini qo’yadi. Ushbu kursni yakunlaganingizdan so’ng, qabul imtihonidan o’tish uchun ruxsat beriladi. Ushbu tayyorlovda qatnashish uchun universitet sizga viza olishda kerakli hujjatlarni taqdim qiladi.

Imtihon

Imtihon asosan yo’nalishingizga oid test savollaridan tashkil topadi. Har bir universitet testga tayyorlanish uchun o’z web-sahifasida kerakli adabiyotlar va avvalgi yil test misollarini e’lon qiladi. Bunday ma’lumotlarni universitet web-sahifasida topa olmasangiz, fakultet o’quv bo’limiga email yozishga ikkilanmang. Ko’plab universitetlar testda shaxsan qatnashishingizni talab qiladi. Online testlarni kamdan-kam universitet taklif qiladi. Imtihon qachon va qayerda o’tishi haqida universitet sizni mail orqali ogohlantiradi yoki o’z web-sahifasida bu haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Viza

Viza olish haqida mahsus maqolamizni o’qib chiqing.

Turar joy

Avstriya universitetlari odatda yotoqxona taklif qilmaydi. Talaba turar joyni mustaqil hal qilishi kerak. Turar joy topishda sizga yordam berishi mumkin bo’lgan 2 ta tashkilot bor – The Austrian Exchange Service (OeAD) va The Austrian Student Union (OEH). Ikkalasi ham studentlarni qo’llab-quvvatlovchi birlashmalar hisoblanadi. Shuningdek, kvartirada xona ijaraga olish, hostel va jamoat yotoqxonalarini ham turar joy uchun hisobga oling. Quyida turar joy qidirishda ko’p foydalaniladiga web-sahifalar ro’yhati keltirib o’tilgan:

👉 home4students.at
👉 stuwo.at
👉 oejab.at
👉 viennabase.at
👉 immowelt.at
👉 immobilienscout24.at

Viza uchun, yashash uchun, ham vaqtinchalik, ham uzoq muddatli uy yoki xonani xalqaro bron platformalaridan ham topsangiz bo’ladi. Foydalanishga va bron qilishga oson.

👉 booking.com
👉 airbnb.com

Ish va ish haqi

Avstriyada talabalar 2 xil asosda ishlashi mumkin: ish beruvchi bilan kontrakt asosida (Unselbständige Beschäftigung mit Dienstvertrag) yoki o’zini-o’zi band qilish asosida / soatbay ishlash (Selbständige Erwerbstätigkeit mit Werkvertrag). Birinchi holatda siz Davlat Ishga Joylashtirish tashkilotidan (Arbeitsmarktservice/AMS) ruxsatnoma olishingiz kerak. Xaftasiga 20 soatlik shartnomalar uchun ruxsatnoma avtomatik beriladi. O’zini-o’zi band qilish asosida ishlamoqchi bo’lsangiz, sizga ruxsatnoma kerak emas. Talabalar soatlik maoshi €10-15 atrofida. Avstriyada ishlash bilan bog’liq batafsil ma’lumotni ushbu hujjatdan olishingiz mumkin

Sug’urta

Sizda albatta tibbiy sug’urta bo’lishi shart. Avstriyada davlatga qarashli va xususiy sug’urta kompaniyalari orqali sug’urtani amalga oshirishingiz mumkin. Talabalikka qabul qilinganingizdan so’ng, davlat sug’urta kompaniyasidan (gesundheitskasse.at) ham foydalanishingiz mumkin. Arizani to’ldirib, shaxsan o’zingiz yashaydigan hududda joylashgan kompaniya ofisiga olib borish kerak. Davlat sug’urta kompaniyasida oylik to’lov taxminan €65. Sug’urta bilan bog’liq batafsil ma’lumotlarni shu yerda o’qib chiqishingiz mumkin.

Tayyorlov kurslari

Avstriyada ko’pgina universitetlar xorijiy talabalar uchun ixtiyoriy yoki majburiy tayyorlov kurslari tashkil qilishgan (6 oy yoki 1 yil).

Majburiy tayyorlov kursi (Foundation Program yoki nemischa Studienkolleg) O’zbekiston kabi Yevropa Ittifoqi bo’lmagan davlatlardan kelayotgan abiturentlari uchun mo’ljallangan. Ularning o’rta maktab attestati, odatda, Avstriyadagi universitetlarga to’g’ridan-to’g’ri qabul huquqini bermaydi. Chunki ushbu mamlakatlarda o’rta ta’lim 12 yil, O’zbekistonda 11 yil. Shuning uchun O’zbekistonlik abiturent (faqat bakalavr uchun) universitet qabuliga (university qualification) tayyor bo’lishi uchun universitetlar ulardan 1 yillik o’qishga tayyorlov kurslarida o’qishni talab qiladi (bunday kurslar odatda bepul). Bundan tashqari, universitetlar tayyorlov kursi xorijiy talabalardan nemis tilini, eng kamida, A2 darajada bilishni talab qilishi mumkin (ko’p hollarda).

Shuning uchun, A1 va A2 darajani, yaxshisi, O’zbekistonda (uyda yoki til kurslarida) o’rganib olishni tavsiya qilamiz. Intensiv tayyorlansangiz, buning uchun sizga o’rtacha 6 oy vaqt ketadi, xolos.

Quyida xorijlik abiturentlarni nemis tilidan oliy ta’limga tayyorlovchi ba’zi kurslar ro’yxati keltirilgan. Barcha kurslar sizga viza olishda amaliy yordam ko’rsatadi.

1

OrganizatorOeAD University Preparation Programme
O’quv yiliqishki semestr / yozgi semestr
Darslar hajmi320 ta dars / 1 semestr
Predmetnemis tili va yo’nalish fanlar
Kurs narxi$1500 / 1 semestr
Turar joyOeAD yotoqxonasi yoki turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotOeAD kursida o’qish uchun Avstriyaning biror universitetiga shartli ravishda qabul qilingan bo’lishingiz kerak. OeAD ning vazifasi sizni universitetning qo’shimcha (yoki siz o’tolmagan) imtihonlariga tayyorlash.

2

OrganizatorVena Universiteti
O’quv yiliqishki semestr / yozgi semestr
Darslar hajmi180 ta dars / 1 semestr
Predmetnemis tili
Kurs narxi$1250 / 1 semestr
Turar joyturar joyni mustaqil toping

3

OrganizatorActiLingua Til Akademiyasi
O’quv yiliKursni istalgan oy boshlash mumkin
Darslar hajmi12 hafta yoki haftasiga 20 soat
Predmetnemis tili
Kurs narxi$2250 / 12 hafta
Turar joyakademiya bergan variantlar yoki turar joyni mustaqil toping

4

OrganizatorSALLS akademiyasi
O’quv yiliKursni istalgan oy boshlash mumkin
Darslar hajmi18 hafta yoki 30 hafta
Predmetnemis tili
Kurs narxi$4800 / $8000
Turar joyturar joyni mustaqil toping

5

OrganizatorGyote til maktabi
O’quv yilikurslar har oy boshlanadi
Darslar hajmiintensivlikka qarab o’zgaradi
Predmetnemis tili
Kurs narxiintensivlikka qarab o’zgaradi
Turar joyGermaniyada turar joyni mustaqil toping
Qo’shimcha ma’lumotUning Toshkentda ham o’z filiali bor. U bergan sertifikatlar Yevropaning barcha universitetlari tomonidan tan olinadi.

O’qituvchi

Nemis tilini o’rganish uchun Yevropaga kela olmasangiz, oldingizda yana bir yaxshi variant bor. Til o’qituvchisini online yonlang va individual darslar oling. Hozirgi kunda online kurslarni barcha til maktablari (istalgan mamlakatdagi) taklif qilmoqda. Online dars beruvchi o’qituvchilarni, masalan, xalqaro repetitorlik portali preply.com portalidan topish mumkin.

TANLANG 

O’ZBEKISTONAVSTRIYA
Bakalavr 4 yilBakalavr 3 yil
X yil repetitor + xarajat1 yil xorijiy tilni o’rganish
O’qishga kirish imkoniyati 1%O’qishga kirish imkoniyati 99%
4 yil kontrakt to’lashO’zbekistondan arzon oliy ta’lim
Talabaga ish yo’qTalabaga ish bor
Diplom olgandan so’ng, ish yo’qIsh topishga 99% kafolat
O’rtacha oylik $200O’rtacha oylik $5000
Qora ishchi migrant bo’lish ehtimoli 50% dan yuqoriQonuniy ish viza, 5 yildan so’ng doimiy EU propiska

Avstriyada o’qish va yashash bilan bog’liq foydali ma’lumotlarni studyinaustria.at portalida ham kuzatib borishingiz mumkin.

Rate us and Write a Review

Your Rating for this listing

angry
crying
sleeping
smily
cool
Browse

Your review is recommended to be at least 140 characters long